From Wikipedia, the free encyclopedia
Oshqozon osti bezi saratoni — oshqozon osti bezi hujayralari nazoratsiz koʻpaya boshlaganda va neoplazmalar hosil qilganda paydo boʻladi. Bu saraton hujayralari tananing boshqa qismlariga metastaz berish hususiyatiga ega[1]. Oshqozon osti bezi saratonining bir necha turlari maʼlum[2].
Eng keng tarqalgan, oshqozon osti bezi adenokarsinomasi hisoblanib, oshqozon osti saratonlarining taxminan 90% holatlarini tashkil qiladi[3] va „oshqozon osti bezi saratoni“ atamasi baʼzan faqat shu turga nisbatan qoʻllanadi[2]. Ushbu adenokarsinomalar oshqozon osti bezining ovqat hazm qilishga yordam beradigan fermentlarini ishlab chiqaradigan qismida paydo boʻla boshlaydi[2]. Oshqozon osti bezi saratonining taxminan 1-2% neyroendokrin oʻsmalar boʻlib, ular oshqozon osti bezining gormon ishlab chiqaradigan hujayralaridan kelib chiqadi[2]. Ular odatda pankreatik adenokarsinomaga qaraganda xavfsiz hisoblanadi[2].
Oshqozon osti bezi saratonining eng keng tarqalgan shaklining belgilariga sargʻish teri, qorin yoki bel ogʻrigʻi, sababsiz vazn yoʻqotish, och rangli najas, quyuq siydik va ishtahani yoʻqolishi kiradi[4]. Odatda, kasallikning dastlabki bosqichlarida hech qanday alomatlar koʻzga tashlanmaydi va oshqozon osti bezi saratoni tashhisini qoʻyish uchun yetarlicha oʻziga xos belgilar kasallikning rivojlangan bosqichga yetgunga qadar yaqqol bilinmaydi[4][5]. Tashxis qoʻyish vaqtida oshqozon osti bezi saratoni koʻpincha tananing boshqa qismlariga metastaz bergani aniqlanadi[2][6].
Oshqozon osti bezi saratoni kamdan-kam hollarda 40 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida uchraydi. Oshqozon osti bezi adenokarsinomasi holatlarining yarmidan koʻpi 70 yoshdan oshganlarda uchraydi[5]. Oshqozon osti bezi saratoni uchun xavf omillari orasida tamaki chekish, semizlik, diabet va baʼzi noyob genetik kasalliklar kiradi[5]. Taxminan 25% holatlar chekish bilan bogʻliq[7] va 5-10% irsiy genlar bilan bogʻliq[5]. Oshqozon osti bezi saratoni odatda ultratovush yoki kompyuter tomografiyasi, qon testlari va hujayra namunalarini tekshirish (biopsiya) kabi tekshirish usullarining kombinatsiyasi bilan aniqlanadi[7][8]. Kasallikning erta (bosqich I) kechki (bosqich IV)gacha boʻlgan darajalari farqlanadi[6].
Chekmaydiganlar va normal vaznni saqlaydigan hamda kolbasa isteʼmolini cheklaydigan odamlarda oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish xavfi nisbatan kam[9]. Oshqozon osti bezi saratoni jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, xirurgik amaliyot yoki ularning kombinatsiyasi yordamida davolanadi[4]. Davolash usullari saratonning darajasiga qarab tanlanadi[4].
2015-yilda barcha turdagi oshqozon osti bezi saratoni butun dunyo boʻylab 411,600 oʻlimga sabab boʻlgan[10]. Oshqozon osti bezi saratoni Buyuk Britaniyada saraton kasalligidan oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha beshinchi[11], Qoʻshma Shtatlarda uchinchi oʻrinda turadi[12]. Kasallik koʻpincha rivojlangan mamlakatlarda uchraydi, birgina AQSHning oʻzida 2012-yilda yangi holatlarning taxminan 70 foizi kelib chiqqan[2]. Pankreatik adenokarsinoma odatda juda yomon prognozga ega; tashxisdan soʻng, odamlarning 25 foizi bir yil, 5 foizi esa besh yil yashaydi[13][2]. Erta tashxis qoʻyilgan saraton kasalliklari uchun besh yillik omon qolish darajasi taxminan 20% gacha koʻtariladi[14]. Neyroendokrin saraton kasalliklari yaxshi koʻrsatkichlarga ega.
Oshqozon osti bezi saratonining koʻp turlarini ikkita umumiy guruhga boʻlish mumkin. Koʻpgina holatlar (taxminan 95%) oshqozon osti bezining ekzokrin komponenti deb nomlanuvchi ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqaradigan qismida sodir boʻladi. Oshqozon osti bezi ekzokrin saratonining bir nechta kichik turlari tavsiflangan, ammo ularning diagnostikasi va davolash usuli koʻplab umumiy xususiyatlarga ega. Oshqozon osti bezining gormon ishlab chiqaradigan (endokrin) toʻqimalarida paydo boʻladigan saratonlarning oz qismi turli xil klinik xususiyatlarga ega va meʼda osti bezi neyroendokrin oʻsmalari deb ataladi, baʼzan „PanNETs“ deb qisqartiriladi. Ikkala guruh ham asosan 40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi va erkaklarda biroz koʻproq kuzatiladi, ammo baʼzi kam uchraydigan kichik tiplar asosan ayollar yoki bolalarda uchraydi[16][17].
Oshqozon osti bezi saratoni odatda erta bosqichlarida yaqqol alomatlar koʻzga tashlanmasligi sababli, kasallik odatda oshqozon osti bezining oʻzidan tashqariga tarqalmaguncha tashxis qoʻyish murakkab xisoblanadi[8][18].
Saraton turi | Nisbiy kasallanish koʻrsatkichi[3] | Mikroskopda anqilanadi[3] | Mikropreparat | Gistologik belgilari[3] | Genetik oʻzgarishlar[3] |
---|---|---|---|---|---|
Pankreatik kanal adenokarsinomasi (PDAC) | 90% | Bezlar va desmoplaziya |
|
| |
Pankreatik asinar hujayrali karsinoma (ACC) | 1% dan 2% gacha | Granulatsion koʻrinishi |
|
| |
Adenoskuamoz karsinoma | 1% dan 4% gacha[22] | Bezga oʻxshash hujayralar va epiteliy hujayralarining birikmasi. | Quyidagilar uchun ijobiy:
Salbiy:
|
| |
Pankreatik neyroendokrin shish | 5% | Oʻsimta hujayralarining bir nechta oʻchqolari | Gastrinoma |
|
|
Taqqoslash uchun quyida saraton oldidan: | |||||
Saraton oldi: Intraduktal papiller shilimshiq neoplazma (IPMN) |
3% | Shilliq qavatli epiteliya hujayralari. [23] Pankreatik kanallar ichida oʻsish. [24] |
|
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.