Oxford–AstraZeneca COVID-19 vaksinasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vaxzevria (tadqiqot nomi: AZD1222 ChAdOx1 nCoV-19 yoki Covishield, shuningdek, „Oxford vaksinasi“ nomi bilan ham mashhur[1]) — COVID-19’ga qarshi vaksina. Oxford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Shimpanzening genetik oʻzgartirilgan ChAdOx1 adenovirusidan foydalanib yaratilgan[2][3]. Mushak ichiga yuboriladi.
2020-yil 30-dekabrda vaksina Buyuk Britaniya emlash dasturi uchun maʼqullandi[4]. Shu paytdan boshlab vaksinaga Argentinada ham ruhsat berildi[5]. Yevropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi koʻzda tutilgan. Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan[6]. 2021-yil 9-yanvarda „The Lancet“ jurnalida AZD1222 vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi haqida maqola chop etildi. Daniya, Norvegiya, Islandiya va Italiya emlashdan keyin tomirlarda tromblar hosil boʻlganligi sababli AstraZeneca vaksinasidan voz kechishdi. Polshada esa 2021-yil mart oyiga kelib ushbu vaksina bilan emlash uchun roʻyxatdan oʻtganlar soni bir necha oʻn foizga kamaydi[7]. JSST rasmiysi esa hali vaksinatsiya natijasida hech kim oʻlmaganini taʼkidladi[8]. Shuningdek, tashkilot AstraZeneca vaksina bilan odamlarni koronavirusga qarshi emlashni davom ettirishni tavsiya qildi. JSST AstraZeneca vaksinasining foydasini xavfidan koʻra yuqoriroq deb baholagan va u bilan bemorlarni emlashni davom ettirishni ta’kidlagan[9]. „РИА Новости“ nashri Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investisiya jamgʻarmasi ma’lumotlaridan foydalangan holda dunyo boʻylab eng talabgir vaksinalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga koʻra, hukumatlar tomonidan oʻz hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan davlatlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni hozirda 49 mamlakatda lisenziyaga ega boʻlgan «AstraZeneca» vaksinasi egallagan[10].Indoneziya oliy musulmon kengashi „AstraZeneca“ vaksinasi tarkibida choʻchqaning oshqozonosti bezidan olingan tripsin moddasi borligini aytib, uni harom deb fatvo bergan, lekin preparatni faqat pandemiya sharoitidagina favqulodda qoʻllashni ma’qullagandi. Kompaniya Indoneziyada tarqalgan xavotirlarga javoban koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi tarkibida shariatda taqiqlangan choʻchqa unsurlari yoʻqligini ma’lum qilgan. Shuningdek, kompaniya Munosabatida, ushbu vektor virusli vaksinani ishlab chiqarish jarayonining hech qaysi bosqichida choʻchqa yo boshqa hayvonlardan olinadigan biror unsurdan foydalanilmasligi, bu kabi unsurlarning ishlab chiqarish jarayonlariga aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan[11].