From Wikipedia, the free encyclopedia
Oyga sayohat (inglizcha: Over the Moon, asl tarjimasi: Oy ustida) 2020-yilda katta ekranlarga chiqarilgan musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Pearl Studio va Sony Pictures Imageworks studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan va Netflix strimimg xizmati orqali yoyinlangan. Film rejissori — Glen Keane, ssenariy muallifi — Audrey Wells. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Cathy Ang, Phillipa Soo, Ken Jeong, John Cho, Ruthie Ann Miles, Margaret Cho va Sandra Oh kiradi.
Oyga sayohat (Over the Moon) | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Glen Keane |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Audrey Wells |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Steven Price |
Muharrir(lar) | Edie Ichioka |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Netflix |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 95 daqiqa[1] |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Fei Fei ismli qiz Yerning sunʼiy yoʻldoshiga borish va u yerda Oy maʼbudasi boʻlmish Changʻe mavjudligini isbotlash uchun raketa yasaydi. Qahramon bunda onasining xotiralaridan ilhom oladi. Fei Fei otasini ikkinchi marta turmush qurishga qaror qilgani uchun kechira olmaydi va unga abadiy sevgi borligini isbotlashga urinadi. Film voqealari davomida Fei Fei oʻtmish bilan yashamaslikni tushunadi. Oy maʼbudasi bilan uchrashgach, abadiy muhabbat ham abadiy qaygʻu ekanligini anglaydi. Shuning uchun hayotda yangi odamlar kirib kelishiga imkon yaratish kerakligini bilib oladi.[2]
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Christopher Curtis, Marjorie Duffield va Helen Park[4][5][6] yozgan.
№ | Nomi | Ijrochi (lar) | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1. | „On the Moon Above“ | John Cho, Ruthie Ann Miles va Cathy Ang | 1:31 |
2. | „Mooncakes“ | Cho, Miles and Ang | 4:19 |
3. | „Rocket to the Moon“ | Ang | 3:48 |
4. | „Rocket to the Moon (Reprise)“ | Ang | 2:01 |
5. | „Ultraluminary“ | Phillipa Soo | 3:20 |
6. | „Hey Boy“ | Soo and Robert G. Chiu | 1:47 |
7. | „Wonderful“ | Ken Jeong and Ang | 2:37 |
8. | „Yours Forever (Reprise)“ | Soo va Conrad Ricamora | 2:00 |
9. | „Love Someone New“ | Soo and Ang | 3:36 |
Jami davomiyligi: | 24:48 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.