Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
davlat organlari, saylov komissiyasi, siyosiy tuzilma / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) – Oʻzbekiston Respublikasi davlat organi. 1998-yildan eʼtiboran mustaqil organ sifatida amal qiladi[1]. Saylov qonunchiligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oliy Majlis, Prezidentlik saylovlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazadi. MSK kollegial organ boʻlib, davlat hokimiyat organlaridan mustaqildir. MSK faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. MSK qarorlari MSK aʼzolarining ochiq majlisida qabul qilinadi. Majlisda aʼzolarning 3/2 qismi ishtirok etganda majlis oʻtgan hisoblanadi.
Turi | Konstitutsion tuzilma |
---|---|
Maqomi | Kollegial organ |
Ishga tushgan sanasi | 1998-yil 30-aprel |
Joylashuvi | Toshkent sh., To'ytepa ko'chasi, 2a uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Rais | Zayniddin Nizomxoʻjayev |
Bosh mahkamasi | Komissiya majlisi |
Aʼzolari | 21 kishidan iborat |
Vebsayti | saylov.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus, Ingliz |
MSK eng kamida 15 kishidan iborat tarkibda Oliy Majlis palatalari tomonidan tuziladi. [2] MSK aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga koʻra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.
MSK Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi. MSK Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.[3]
MSK fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirishlari hamda Respublika hududida Saylov kodeksiga amal qilinishini nazorat qiladi. Saylov hamda referendumlarni oʻtkazishda jarayonlarni tashkillashtiradi. Saylovni moliyalashtirish hamda byudjet mablagʻlarining taqsimoti ustidan nazorat oʻrnatadi.
Amaldagi MSK 5 ta prezidentlik saylovi (2000[4], 2007[5], 2015[6], 2016[7], 2021), 5 ta parlament saylovi (1999[8], 2004[9], 2009[10], 2014[11], 2019[12]) va 1 ta referendum (2002[13]) oʻtkazgan.