Palmira
Suriyadagi shahar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Palmira (arabcha: Tadmur; Palmira oromiychasi: 𐡶𐡣𐡬𐡥𐡴 Tadmor; qadimgi yunoncha: Παλμύρα, lotincha: Palmyra) — Suriyaning shimoli-sharqiy qismidagi qadimiy shahar. Karvon savdosi va hunarmandchilikning yirik markazi. Milodiy 1—3-asrlarda ancha rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida antik shaharning rejali qurilgan koʻchalari, ibodatxona, qabriston, haykallar, mozaika, naqshlar topilgan.[1]