From Wikipedia, the free encyclopedia
Suzuvchi Palu masjidi, shuningdek, Arqam Babu Rahman masjidi[1][2] nomi bilan ham tanilgan – Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyati Palu shahrida joylashgan masjid. Masjid Palu koʻrfazida suzib yurishi bilan mashhur boʻlgan, u Paluning ramzidir.
Masjid | |
Palu suzuvchi masjidi Masjid Terapung Palu | |
Masjidning umumiy koʻrinishi | |
Mamlakat | Indoneziya |
Shahar | Palu |
Asosiy sana: 2011-yil | |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Palu suzuvchi masjidi Vikiomborda |
Masjid 2018-yilda Sulavesidagi zilzila va sunamidan zarar koʻrgan va qisman suv ostida qolgan.
Suzuvchi Palu masjidi 2011-yilda 121 kvadrat metr maydonda qurilgan va Talise plyajidagi Palu koʻrfaziga qaraganligi bilan mashhur. Masjid sayyohlik maskani va Palu shahrining timsoli edi[1]. Masjid 17-asrda Gʻarbiy Sumatralik musulmon olimi Datuk Karamaga bagʻishlab qurilgan boʻlib, u Palu mintaqasida islom dinining tarqalishiga katta hissa qoʻshgan[2].
2018-yilda Sulavesidagi zilzila paytida masjid bir necha sunamiga uchragan va koʻrfazda suzib yurgan masjidni tutib turuvchi ustunlar qulab tushgan. Shunday qilib, masjid qisman okeanga botib qolgan. Biroq, bino butunligicha saqlangan. Xabar qilinishicha, toʻlqin orqa eshikdan kirib, old eshikdan oʻtib ketgan va namozgohni suv bosgan. Deraza oynalari ham singan. Azon karnaylariga ziyon yetmagani sababli hamon hech qanday nuqsonsiz ishlamoqda[1].
Sunamidan keyin Palu aholisi, ayniqsa islom tasavvufiga ishonadigan musulmonlar masjidning saqlanib qolganligini uning ilohiy kuchga egaligi bilan bogʻlashadi. Suzuvchi masjid va Alxayrat anʼanaviy islom tashkiloti masjidlari sunamidan keyin saqlanib qolgan kamsonli masjidlardan bir hisoblanadi[2].
2021-yil aprel holatiga koʻra, masjid hamon qisman suv ostida qolgan[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.