![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dc/Upright_X-ray_demonstrating_small_bowel_obstruction.jpg/640px-Upright_X-ray_demonstrating_small_bowel_obstruction.jpg&w=640&q=50)
Pastki ichak tutilishi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pastki ichak tutilishi oshqozon ichak tizimida tugʻma toʻsiq boʻlishi natijasida ovqat (ona koʻkrak suti) mahsulotlarining passaji buzilishi va oʻtmay qolishi.[1] Pastki ichak tutilishi quyidagi klinikalar bilan namoyon boʻladi:
- ich oʻtmasligi
- qorin dam boʻlishi
- qusish (avval hazm boʻlmagan ozuqa bilan, keyin oʻt aralash yoki ichak mahsulotlari bilan)
- ichaklar giperperistaltikasi
- Pastki ichak tutilishining asosiy xarakterli belgisi qorin boʻshligʻi rentgenogrofiyasida aniqlanadigan 3 va undan ortiq suyuqlik sathi ustida gaz boʻlishi yaʼni kloyber kosachalari hisoblanadi.[2]
Pastki ichak tutilishi | |
---|---|
Sinonimlari | ichak obstruksiyasi, ichak okkluziyasi |
![]() | |
Pastki ichak tutilishining asosiy diagnostik belgisi kloyber kosachalari tasviri | |
Belgilari | Qorinda ogʻriq, qayt qilish, qorin dam boʻlishi, kloyber kosachalari |
Mutaxassislik | Xirurgiya |
Turlari |
Ingichka ichak atreziyasi. Ichak nayining tugʻma ikkilanishi. Mekonial ileus. Girshprung kasalligi. Dolixosigma. Anorektal soha rivojlanish nuqsonlari |
Sabablari | tugʻma bitishmalar, churralar, endometrioz, ichakning yalligʻlanish kasalliklari, appenditsit, oʻsmalar, divertikullar, invaginatsiya, qon bilan taʼminlanish buzilishi |
Tashxis usullari | obyektiv, subyektiv, diagnostik belgilarga koʻra |
Davolash | Operativ metod |
Prognoz | 2015-yil holatiga koʻra 3.2mln odamda uchrab, shulardan 264000 bemor oʻlimi bilan yakunlangan. |
Ichak tutilishlari ovqat hazm qilish yoʻllaridagi mexanik yoki funksional obstruksiya (bekilib qolish) natijasida ovqat hazm qilish mahsulotlarining normal harakatiga toʻsqinlik qiladi. Ichak tutilishlari qaysi sohada uchrashiga koʻra yuqori va pastki ichak tutilishlariga boʻlinadi. Yuqori ichak tutilishlari deb obstruksiya qiziloʻngach yoki oshqozonda sodir boʻlganda aytilsa, obstruksiya ingichka yoki yoʻgʻon ichakda sodir boʻlsa pastki ichak tutilishi deyiladi.