Prezident Pedro Kastilyoning impichmentiga qarshi norozilik namoyishlari From Wikipedia, the free encyclopedia
2022–2023-yillarda Peruning agʻdarilgan prezidenti Pedro Kastilyo[22][23][24] tarafdorlari Dina Boluarte hukumati va Peru Kongressiga qarshi bir qator siyosiy norozilik namoyishlarini oʻtkazdilar. Namoyishlarni ijtimoiy tashkilotlar va mahalliy xalq uyushtirdi. Ular oʻzlarini siyosiy huquqlaridan mahrum boʻlganliklarini maʼlum qildilar[25][26][27][28]. Norozilik namoyishlari aniq boshqaruvga ega emas, aksincha ommaviy harakatlar tomonidan uyushtirilgan[29]. Kastilyo lavozimidan olinishi, Kongress tarqatilishi, davlat apparatining aralashuvi va oʻz-oʻzini toʻntarishga urinish sifatida tavsiflangan „favqulodda hukumat“ oʻrnatilishini eʼlon qilgani uchun hibsga olinganidan keyin hokimiyatdan chetlatilgan edi. Namoyishchilarning asosiy talablari orasida Kongressni tarqatib yuborish, amaldagi prezident Dina Boluartening isteʼfoga chiqishi, umumiy saylovlar oʻtkazish, Kastilyoni ozod qilish va taʼsis majlisini chaqirish kabilar bor[26][30]. Namoyishchilarning baʼzilari oʻzlarini qoʻzgʻolonchi deb eʼlon qilgani ham xabar qilingan[31][32][33].
Perudagi siyosiy noroziliklar (2022—2023) | |||
---|---|---|---|
Perudagi siyosiy inqiroz (2007—hozirgacha) bir qismi | |||
Yuqoridan pastga, chapdan oʻngga: 12-dekabr kuni Limada namoyishchilar Peru bayrogʻi va Vifalalarni koʻtarib norozilik bildirishmoqda. 9-dekabrda Huankayodagi namoyishlar. Kastilyo qamoqda saqlanayotgan joy tashqarisidagi namoyishchilar | |||
Sana |
7 Dekabr 2022 – hozirgacha (563 kun) | ||
Joy | |||
Sababi | Pedro Kastilyoning impichmenti va oʻzini hokimiyatdan chetlatishga urinishdan keyin qamoqqa olinishi. | ||
Maqsadlari |
| ||
Usullari |
| ||
Holati |
Davom etmoqda
| ||
Fuqarolik nizosining tomonlari | |||
| |||
Yetakchilar | |||
| |||
Raqamlarda | |||
| |||
Qurbonlar va yoʻqotishlar | |||
Qurbonlar | |||
Oʻlim(lar) |
48 nafar tinch aholi[18] | ||
Jarohatlanganlar | 600+[19][20] | ||
Qoʻlga olinganlar | 193[21] | ||
Oʻng qanot guruhlari va Boluarte hukumati norozilik namoyishlariga qarshi chiqishdi. Ular namoyishchilarga qarshi Perudagi ichki mojarodan foydalanmoqchi boʻlgan muxoliflarni terrorchi deb eʼlon qilish uchun baʼzi irqchilik guruhlarining siyosiy taktikasi boʻlgan terrukeodan foydalanishdi[34]. Namoyishchilarni terrorchi deb eʼlon qilish uchun terrukeodan foydalanish hukumatni jazosiz qoldirdi va zoʻravonlik xavfini oshirdi[34][35]. Boluarte hukumati 14-dekabrda milliy favqulodda holat eʼlon qilib, 30 kunlik muddatda fuqarolarning baʼzi konstitutsiyaviy huquqlarni, jumladan, armiyaning shaxsiy uylar va binolarda boʻlishiga toʻsqinlik qiluvchi huquqlarni, harakatlanish erkinligini, yigʻilish va mitinglar erkinligini va „shaxsiy erkinlik va xavfsizlikni“ bekor qildi[36][37]. Boluarte boshchilik qilayotgan Peru hukumatining bunaqa keskin javobi inson huquqlari nohukumat tashkilotlari tomonidan tanqid qilindi[38][39]. Bu vaqt davomida mamlakatda ikki qirgʻin sodir boʻlgan edi. Bular Ayacucho qirgʻini va Juliaca qirgʻini. Hukumatning Peru Qurolli Kuchlarini noroziliklarni bostirishga jalb qilishi ham armiyaning namoyishchilarni oʻldirish xavfi tufayli tanqid qilindi[19]. Qurolli kuchlarning siyosiylashuvi, shuningdek, Peruda rivojlanayotgan fuqarolik-harbiy hukumatning ham xavotirlarini kuchaytirdi[40][41].
Rasmiylar sodir etgan zoʻravonlik harakatlari ortidan bir qator norozilik namoyishlari davomida Boluarte hukumatidagi bir nechta vazirlar isteʼfoga chiqdi[42][43]. Peru Bosh prokurori Patrisiya Benavides 2023-yil 10-yanvarda prezident Dina Boluarte, bosh vazir Alberto Otarola, ichki ishlar vaziri Viktor Roxas va mudofaa vaziri Xorxe Chavesga qarshi genotsid, og‘irlashtirilgan qotillik va og‘ir tan jarohati olishga sabab boʻlish jinoyatlari bo‘yicha tergov boshlanganini eʼlon qildi[44].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.