Phineas Gage
From Wikipedia, the free encyclopedia
Phineas P. Gage (talaffuzi: Fineas Geyj; 1823 — 1860) — baxtsiz hodisa tufayli miyasiga katta zarar yetishiga qaramay omon qolgan[B1](p19) amerikalik temir yoʻl inshooti ustasi boʻlgan. Miyasining chap manglay qismini temir chiviq yorib oʻtgan. Bu shikastlanishdan soʻng, u 12 yil umr koʻrdi. Oʻtgan 12 yil ichida, uning orttirgan bu jarohati uning shaxsiyatiga yetarli darajada keskin taʼsir etdi, hatto doʻstlari uni „endi Gage emas“ deb hisoblashdi. [H](p14)
Phineas Gage | |
---|---|
Tavalludi |
9-iyul 1823-yil Grafton okrugi, New Hampshire, AQSh |
Vafoti |
21-may 1860-yil(1860-05-21) (36 yoshda) San Francisco boʻgʻozi, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Yoʻq |
Bolalari | Yoʻq[M](p39,319,327) |
Uzoq vaqtlardan buyon „Amerikadagi lom hodisasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan ushbu hodisa „boshqa hodisalardan koʻra koʻproq hayratda qoldirgan, prognozlarni larzaga solgan va hatto fiziologik tamoyillarni chetlab oʻtgan hodisadir“,[1] deb ifodalandi. Phineas Gage 19-asrning oʻrtalarida muhokama qilinmish miyaga oid munozaralarga taʼsir koʻrsatib, birinchilar qatorida miyaning ayrim qismlarining shikastlanishi shaxs va uning feʼl-atvoriga taʼsir etishi, hatto ruhiy oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligini koʻrsatdi.