![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/Can_of_Pomade_%2528Royal_Crown%2529.jpg/640px-Can_of_Pomade_%2528Royal_Crown%2529.jpg&w=640&q=50)
Pomada
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pomada (fransuzcha: pommade) — sochni parvarish qilish uchun kosmetik mahsulot. XX-asrning oʻrtalarida u taomildan chiqdi. Zamonaviy tilda „pomada“ soʻzi lab boʻyogʻini bildiradi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cb/Can_of_Pomade_%28Royal_Crown%29.jpg/640px-Can_of_Pomade_%28Royal_Crown%29.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6e/Sweet-Georgia-Brown-Hair-Dressing-Pomade-1947.jpg/640px-Sweet-Georgia-Brown-Hair-Dressing-Pomade-1947.jpg)
„Pomada“ soʻzi roman tillarida ildizlarga ega (lotincha: pomum — olma): qadimgi Rimda „pomada“ olma eti va yogʻdan tayyorlangan davolovchi malham edi[1]. Rus tiliga pomada soʻzi XVII-asrda fransuz tilidan (fransuzcha: pommade) yoki nemis (nemischa: ) tilidan kelgan[2]. Dastlab, ruschada „pomada“ soʻzi diri maʼnosini anglatadi, ammo XIX-asrga yaqinlashgan sari soʻz dekorativ kosmetika vositasi sifatida tushunila boshlandi[3]. XIX va XX-asr boshlarida pomada sochni parvarish qiladigan malham koʻrinishidagi mahsulot boʻlib, u sochni yaltiratar va turmakni yaxshiroq tutib turardi. Pomada ishlab chiqarishda asosiy tarkibiy qism aromatik moddalar va choʻchqa, qoramol yoki boshqa hayvonlardan olingan yogʻ edi.
Pomada XIX-asrning ikkinchi yarmida va XX-asrning birinchi yarmida ayollar va erkaklar orasida mashhur edi. Valentino va boshqa ovozsiz film qirollari sochlarini pomada bilan moylashgan. Pomadaning raqobatchisi soch mumi edi: mumlangan sochlar unchalik yaltiramagan va namlangandek koʻrinmagan. Keyinchalik, lak va soch geli paydo boʻlishi bilan, kosmetika sifatida pomada eskirgan va „pomada“ deganda labboʻyoq tushuniladigan boʻlgan.