From Wikipedia, the free encyclopedia
Pulsoksimetr (inglizcha: Pulse oximetry) — kapillyar qonning kislorod bilan toʻyinganligini invaziv boʻlmagan uslubda oʻlchaydigan tibbiy asbob.
Pulsoksimetrning zamonaviy versiyasi Takuo Aoyagi tomonidan 1974-yilda Yaponiyaning Nihon Kohden kompaniyasi uchun ishlab chiqilgan.[1]
Pulsoksimetr — bu kislorodli qon foizini koʻrsatadigan qulay noinvaziv oʻlchash moslamasidir. Aniqroq aytganda, u oksigemoglobindagi arterial gemoglobinning (qondagi kislorod tashuvchi oqsil) foiz miqdorini koʻrsatadi. Oʻpka kasalligi boʻlmagan bemorlar uchun odatda qabul qilinadigan diapazonlar 95-99 foizni tashkil qiladi.[2] Odatdagi pulsoksimetrda fotodiodga qaratib joylashtirilgan, impulslar yuboruvchi bir juft kichik yorugʻlik diodlari (LED) boʻlgan mikroprotsessordan foydalaniladi. Odatda, qurilma yuzaki qon aylanishi mavjud boʻlgan joyga, masalan, barmoq yoki quloq sohasida qoʻllanadi. Bir yoruglik diodining toʻlqin uzunligi 660 nm (qizil), ikkinchisi esa 940 nm (infraqizil) toʻlqin uzunligiga ega.[3][4]
Ushbu toʻlqin uzunliklarida yorugʻlikning yutilishi kislorodga toʻyingan hamda kislorodsiz qon uchun sezilarli darajada farq qiladi:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.