Qandahor
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qandahor — Afgʻonistonning janubidagi shahar, Hindukush togʻlariningining gʻarbiy etagida. Qandahor viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 651 484 kishi (2021)[1]. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatiga ega. Mamlakat janubi va gʻarbidagi muhim bogʻdorchilik va chorvachilik rayonining savdo markazi. Gilam, qorakoʻl teri, koʻn va hokazo bilan savdo qilinadi. Toʻqimachidik fabrikasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.
Qandahor
| |
---|---|
shahar | |
31°37′12″N 65°42′57″E G O | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
viloyat | Qandahor viloyati |
Hukumat | |
• hokim | Muhammadyusuf Vafo |
Maydon | 27,337 km2 (10,555 mi²) |
Aholisi (2021-yil) |
651,484[1] |
Zichligi | 2383 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:30 |
Qandahor — qadimiy shahar. 12—13-asrlarda yirik savdo markazi boʻlgan. 13-asrda moʻgʻullar bosib olgan. 14-asr oxiridan Amir Temur va Temuriylar saltanati qoʻl ostida boʻlgan. 16—17-asrlarda Qandahorni egallash uchun Eron shohlari sulolasi Safaviylar bilan Boburiylar oʻrtasida kurash boʻlgan. 17-asr oʻrtalaridan Safaviylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1709-yilda Qandahor aholisi Safaviylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi oqibatida shaharda Gilzoyi hokimligi vujudga keldi. 1738-yilda Qandahorni Eron shohi Nodirshoh Afshor bosib olib vayron qilgan. Keyinroq sal nariroqda oʻz nomi bilan ataladigan Nodirobod shahriga asos solgan. Buzilgan shaharni Ahmadshoh Durroniy qayta tiklab Ahmadshoh deb atagan va 1773—1774 yillarda Durroniylar davlati poytaxti boʻlgan. 1818—1855 yillarda Qandahor hokimligining markazi. 1855-yilda shaharni afgʻon amiri Doʻstmuhammadxon egallagan va Afgʻon davlati tarkibiga kiritgan.
Meʼmoriy yodgorliklardan Ahmadshoh maqbarasi va boshqa 18-asrga oid yodgorliklar saqlangan.