Quba masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Quba masjidi (arabcha: ) – Saudiya Arabistonining Hijoz mintaqasida, Madina shahrida joylashgan masjid. 7-asrda, Muhammadning hayot davrida qurilgan[1][2][3]. Dunyodagi birinchi masjid ekanligi, Muhammadning Madinaga hijrat qilish kunining ilk kunida qurilganligi aytiladi[4][5]. Uning birinchi toshini paygʻambar qoʻygani, inshootni esa uning hamrohlari qurganligi taʼkinlanadi.
Qisqa faktlar
Masjid | |
Quba masjidi مَسْجِد قُبَاء | |
Joylashuvi | 24°26′21″N 39°37′02″E |
Meʼmoriy uslub | Islom Yangi klassik |
Binokorlik | Taxminan 622 milodiy / 1 hijriy—1986 (hozirgi) |
Gumbazlar soni | 6 |
Gumbazlar soni | 6 |
Minoralar soni | 4 (hozirgi) 1 (asl) |
Minoralar soni | 4 (hozirgi) 1 (asl) |
Quba masjidi Vikiomborda |
Yopish
Tarixiy islomiy matnlarga koʻra, Muhammad bu masjidda 14 kun davomida qasr namozini oʻqigan (arabcha: , qisqa namoz). Dastlab, masjid Madinadan 6 kilometr (3.7 milya) uzoqlikda Quba qishlogʻida qurilgan[6].