From Wikipedia, the free encyclopedia
Rossiya fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (ruscha: Институт востоковедения Российской академии наук) — Rossiya fanlar akademiyasining Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarini tadqiq qiluvchi ilmiy tadqiqot institutidir. Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan[1].
Ushbu institut 1818-yilda Sankt-Peterburg shahrida asos solingan va oʻsha paytda ushbu oliygoh "Imperatorlik fanlar akademiyasi qoshidagi Osiyo muzeyi" (ruscha: Азиатский музей при Императорской академии наук) deb atalgan. ХХ-asr boshlariga kelib, ushbu oliygoh Rossiya imperiyasidagi eng obroʻli sharqshunoslik donishgohlaridan biriga aylandi.
1930-yilda SSSR fanlar akademiyasida keng hajmli islohotlar boʻlib oʻtdi. Ushbu islohotlar natijasida Osiyo muzeyi, Buddaviy madaniyat insituti va Turkiyshunoslik kabineti birlashtirildi va hozirgi koʻrinishga keltirilib SSSR fanlar akademiyasiga boʻysundirildi.
1950-yil ushbu institut Sankt-Peterburgdan Moskva shahriga koʻchirildi. 1960-1970-yillarda ushbu oliygoh "Osiyo xalqlari instituti" (ruscha: Институт народов Азии) deb atalar edi. SSSR parchalanganidan soʻng, ushbu institut Rossiya fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.