osmon jismlari va metrologik hodisalarni kuzatish maskani From Wikipedia, the free encyclopedia
Rasadxona yoki observatoriya – astronomik, geofizik, metrologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obʼyektlarni kuzatish bilan shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin ilmiy tadqiqot muassasasiga aylangan. Oʻrta asrlarda Sharqda koʻplab rasadxonalar qurilgan (masalan, Ulugʻbek rasadxonasi). Keyinchalik (XVI asr oʻrtalaridan) Yevropada rasadxonalar optik, radiofizik va boshqa asboblar bilan taʼminlana boshladi. Oʻzbekistonda optik asboblar bilan jihozlangan rasadxona birinchi marta 1973-yilda Toshkentda Turkiston harbiy okrugi Harbiy topografiya boʻlimi tizimida astronomiya va fizika rasadxonasi sifatida tashkil qilindi. Unda ilmiy tadqiqot ishlari (vaqtni oʻlchash, quyosh faolligi, quyosh va oy tutilishi, meteorologik, seysmik kuzatishlar va boshqa ishlar) olib boriladi (qarang Astronomiya instituti). Rasadxonalarda astronomik, magnit, gidrometrologik, seysmik va boshqa kuzatish hamda tadqiqotlar olib boriladi. Astronomik rasadxonalardan tashqari, ushbu rasadxonalar ham mavjud
[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.