Ryan James Murray (talaffuzi: Rayan Jeyms Myurrey) (1993-yil 27-sentyabrda tugʻilgan)—kanadalik professional xokkeychi. Ryan Murray Milliy Xokkey Ligasi (NHL)da „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safida himoyachi sifatida oʻynaydi. Ryan Murray 2022-yilda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan birga Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.

Qisqa faktlar Tugʻilgan joyi, Boʻyi ...
Ryan Murray
Thumb
Murray Columbus Blue Jackets klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 27-sentyabr 1993-yil (1993-09-27) (30 yosh)
Regina, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 206 lb (93 kg; 14 st 10 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Edmonton Oilers
Columbus Blue Jackets
New Jersey Devils
Colorado Avalanche
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 2-oʻrindagi tanlov, 2012
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha
Yopish

Oʻyin faoliyati

Ryan Murray yoshligida „Everett Silvertips“ xokkey klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan[1].

Columbus Blue Jackets

2012-yil 22-iyunda Ryan Murray 2012-yilgi NHL kirish loyihasida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga ikkinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshildi[2]. Keyingi oy 2012-yil 24-iyulda Ryan Murray „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3]. 2012-yilning 16-noyabrida Ryan Murray „Silvertips“ xokkey klubi bilan o‘yinda yelkasidan jarohat oldi. Keyinchalik Ryan Murray yelkasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi. Shuning uchun Ryan Murray WHL mavsumining qolgan qismini oʻtkazib yubordi[4].

Ryan Murray oʻzining birinchi NHL oʻyinini 2013-yil 4-oktyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ryan Murray NHLdagi birinchi golini 2013-yil 25-oktyabrda „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasi bilan uchrashuvda urishga muvaffaq boʻldi[5]. Ammo Ryan Murray jarohatlar tufayli NHLdagi dastlabki besh mavsumining 35% dan ortigʻini oʻtkazib yubordi[6].

2016-yilning 11-fevralida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi Ryan Murray bilan yana ikki yillik 5,65 million dollarlik shartnoma imzoladi[7]. Biroq jarohatlar Ryan Murrayning oʻyinlarda ishtirok etishini cheklab qoʻydi. Shuning uchun Ryan Murray 2017—2018-yilgi NHL mavsumining deyarli yarmini oʻtkazib yubordi[8]. 2019-yilning 1-iyulida Ryan Murray „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan ikki yillik 9,2 million dollarlik shartnoma imzoladi.

New Jersey Devils

„Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan yetti mavsum oʻynaganidan so‘ng, Ryan Murray 2020-yil 8-oktyabrda „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[9].

Colorado Avalanche

2021-yil 2-avgust kuni Ryan Murray „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan bir yillik 2 million dollarlik shartnoma imzoladi[10]. Ryan Murray 2021—2022-yilgi mavsumni „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Ryan Murray „Colorado Avalanche“ klubi tarkibida mavsumdagi 18 ta o‘yinning 17 tasida maydonga tushdi[11].

Edmonton Oilers

Ryan Murray „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan Stanley kubogini qoʻlgan kiritdi. Shundan soʻng, Ryan Murray 2022-yil 2-sentyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi[12].

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

Batafsil maʼlumot Muntazam mavsum, Pley-off oʻyinlari ...
    Muntazam mavsum   Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 Everett Silvertips WHL 5 0 1 1 2
2009—2010 Everett Silvertips WHL 52 5 22 27 31 7 2 5 7 2
2010—2011 Everett Silvertips WHL 70 6 40 46 45 4 1 2 3 4
2011—2012 Everett Silvertips WHL 46 9 22 31 31 4 3 2 5 0
2012—2013 Everett Silvertips WHL 23 2 15 17 14
2013—2014 Columbus Blue Jackets NHL 66 4 17 21 10 5 0 1 1 0
2014—2015 Columbus Blue Jackets NHL 12 1 2 3 8
2015—2016 Columbus Blue Jackets NHL 82 4 21 25 40
2016—2017 Columbus Blue Jackets NHL 60 2 9 11 24
2017—2018 Columbus Blue Jackets NHL 44 1 11 12 8 6 0 1 1 2
2017—2018 Cleveland Monsters AHL 1 1 0 1 0
2018—2019 Columbus Blue Jackets NHL 56 1 28 29 10
2019—2020 Columbus Blue Jackets NHL 27 2 7 9 4 9 1 0 1 2
2020—2021 New Jersey Devils NHL 48 0 14 14 8
2021—2022 Colorado Avalanche NHL 37 0 4 4 2
NHL (jami) 432 15 113 128 114 20 1 2 3 4
Yopish

Xalqaro

Batafsil maʼlumot Yil, Jamoa ...
Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010-yil Kanada U17 8 5 0 1 1
2010-yil Kanada U18 7 6 0 0 0 2
2010-yil Kanada IH18 1st 5 0 2 2 2
2011-yil Kanada U18 4 7 3 7 10 6
2012-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 3rd 6 0 3 3 0
2012-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 5 6 0 0 0 0
2016-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 1st 10 0 5 5 0
2016-yil Shimoliy Amerika jamoasi Xokkey boʻyicha jahon chempionati 5 3 0 0 0 0
2018-yil Kanada Xokkey boʻyicha jahon chempionati 4 10 0 1 1 4
Oʻsmirlar (jami) 29 3 13 16 10
Kattalar (jami) 19 0 5 5 0
Yopish

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.