SOS — bu Morze kodidagi favqulodda signal (           ). Xalqaro miqyosda ishlatiladigan bu kod dastlab dengizda foydalanish uchun yaratilgan. Rasmiy yozuvda SOS „SOS“ ning alohida harflari Morze kodi ekvivalentlari uch nuqta / uchta tire / uch nuqtadan iborat uzluksiz ketma-ketlikda, harflar orasida boʻsh joy qolmagan holda ortiqcha ustgi chiziq bilan yoziladi.[1] Xalqaro Morze kodida uchta nuqta „S“ harfini va uchta tire „O“ harfini hosil qiladi, shuning uchun „S O S“ nuqta va tirelarning tartibini eslab qolishning odatiy usuliga aylandi. (IWB, VZE, 3B va V7 ekvivalent ketma-ketliklarni hosil qiladi, ammo anʼanaviy ravishda SOS eslab qolish uchun eng osonidir.)

SOS bu alohida Morze kodi hisoblanadi, qisqartma emas. Ammo koʻpincha u ingliz tilidagi „qutqaring“ maʼnosini beruvchi „Save Our Souls“ yoki „Kemamizni qutqaring“ (Save Our Ship) iboralari bilan anglatiladi.[2] Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarda bu koddan foydalanish koʻrsatgichi yuqori boʻlganligi sababli, SOS norasman kriziz yoki biror xarakatga muhtojlikni anglatuvchi sifatida ham ommalashgan.

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.