From Wikipedia, the free encyclopedia
Sofyan Xanni (talaffuzi: Sofyan Xanni) — jazoirlik va fransuz futbolchisi, „Al-Garafa“ klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi.
Sofiane Hanni | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan | 29-dekab 1990-yil (31 yosh)
|
Fuqaroligi | Jazoir Fransiya |
Boʻyi | 178 sm |
Vazni | 71 kg |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Klub | Al-Garafa |
Raqami | 94 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Sofyan Xanni Fransiyada jazoirlik immigrant ota-onasida tugʻilgan. U Sedrik Bakambu bilan birga Parijning Vitri-syur- Seyn chekkasida oʻsgan. Bakambu bilan ular bir xil mahalliy jamoada shugʻullanishgan.
Sofyan Xanni „Ivry“, „Boulogne-Billancourt“ va „Nantes“ klublari bitiruvchisi[1]. 2009-yil 1-dekabrda „Sedan“ga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Uilyam Vankerni almashtirib, Liga 2da debyut qildi, ammo Sofyan Xanni tarkibda mustahkam oʻrin olmagan.
2011-yilning yozida ular bilan shartnomasi yakuniga yetdi va Sofyan Xanni erkin agent sifatida Turkiyaning „Kayseri Erciyesspor“ klubiga oʻtdi. 10- sentabr kuni „Bucaspor“ga qarshi oʻyinda u Turkiya birinchi ligasida debyut qildi[2]. 25-sentabr kuni „Kartalspor“ jamoasiga qarshi kechgan duelda Sofyan Xanni „dubl“ga erishdi va „Kayseri Erciyesspor“ safida ilk gollarini urdi[3]. Debyut mavsumida Sofyan Xanni 11 ta gol urdi va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2013-yilda u klubning elitaga chiqishiga yordam berdi.
2014-yilning yozida Sofyan Xanni Belgiyaning „Mechelen“ jamoasiga oʻtdi. 27-iyul kuni „Genk“ga qarshi oʻyinda Jupile ligasida debyut qildi[4]. Oʻsha oʻyinda u Mechelen uchun birinchi golini urdi. 2016-yilda u Belgiya chempionatida arab millatiga mansub eng yaxshi futbolchi va afrikalik eng yaxshi futbolchi, shuningdek, Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasiga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi unvonlarini oldi.
Sofyan Xanni Fransiyaning yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2016- yilda u oʻzining tarixiy vatani Jazoirda oʻynash taklifini oldi. 26-mart kuni Efiopiyaga qarshi Afrika Millatlar Kubogi-2017 saralashida u Jazoir terma jamoasi safida debyut qildi. 7- yanvar kuni Mavritaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sofyan Xanni terma jamoadagi ilk golini urdi[5].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Nantes | 2009-2010 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
2010-2011 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 3 | 0 | |||
Jami | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 4 | 0 | |||
Kayseri Erciyesspor | 2011-2012 | 32 | 11 | 0 | 0 | — | — | 32 | 11 | ||
2012-2013 | 32 | 4 | 2 | 0 | — | — | 34 | 4 | |||
Jami | 64 | 15 | 2 | 0 | — | — | 66 | 15 | |||
Ankaraspor | 2013-2014 | 33 | 8 | 1 | 0 | — | — | 34 | 8 | ||
KV Mechelen | 2014-2015 | 39 | 10 | 4 | 0 | — | — | 43 | 10 | ||
2015-2016 | 35 | 17 | 3 | 0 | — | — | 38 | 17 | |||
Jami | 74 | 27 | 7 | 0 | — | — | 81 | 27 | |||
Anderlecht | 2016-2017 | 38 | 10 | 2 | 0 | 15 | 3 | — | 55 | 13 | |
2017-2018 | 23 | 8 | 1 | 0 | 6 | 1 | 1 | 1 | 31 | 10 | |
Jami | 61 | 18 | 3 | 0 | 21 | 4 | 1 | 1 | 86 | 23 | |
Spartak Moscow | 2017-2018 | 7 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 11 | 2 | |
2018-2019 | 7 | 0 | 2 | 1 | 2 | 0 | — | 11 | 1 | ||
Jami | 14 | 2 | 4 | 1 | 4 | 0 | — | 22 | 3 | ||
Umumiy karyerasi | 250 | 70 | 17 | 1 | 25 | 4 | 1 | 1 | 293 | 77 |
Jamoaviy yutuqlari
Shaxsiy yutuqlari
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.