![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/70/Spinosaurus_2020_reconstruction.jpg/640px-Spinosaurus_2020_reconstruction.jpg&w=640&q=50)
Spinozavr
Teropod dinozavrlardan biri / From Wikipedia, the free encyclopedia
Spinozavr („umurtqali kaltakesak“ degan maʼnoni anglatadi) — dinozavrlarning bir turi boʻlib, u hozirgi Shimoliy Afrikada Kech boʻr davrining senoman va yuqori turon bosqichlarida, taxminan 99-93,5 million yil oldin, yashab oʻtgan.[1][2]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/70/Spinosaurus_2020_reconstruction.jpg/640px-Spinosaurus_2020_reconstruction.jpg)
Ushbu tur vakili, ilk marta, 1912-yilda Misrda olib borilgan qazishma ishlari davomida aniqlangan hamda 1915-yilda nemis paleontologi Ernst Stromer tomonidan tavsiflangan. Asl topilmalar Ikkinchi Jahon urushi davrida yakson qilingan, biroq, qoʻshimcha materiallar 21-asrning boshlarida oʻrganilgan. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan va qazilma namunalari asosida oʻrganilgan bir yoki ikki xil turi mavjud (aniqlashtirilmagan). Aniqlangan tur sifatidan tan olinuvchi Spinozavr Misr mamlakati hududidan topilgan va unga Spinozavr aegyptiacus deya nomlangan. Potensial ravishda koʻriluvchi ikkinchi tur Spinozavr maroccanus, deya, topilma aniqlangan mamlakat sharafiga (Marokash) nomlangan. Spinosauridlar turkumiga kiruvchi Sigilmassazavr ham baʼzi mualliflar tomonidan Spinozavr aegyptiacus nomi bilan sinonimlashtirilgan, ammo, aksari tadqiqotchilar uni alohida takson boʻlishini taklif qilishadi.
Spinosavr- hozirgi kungacha maʼlum boʻlgan quruqlikdagi yirtqich hayvonlarning eng yirigi. Ushbu dinozavr bilan solishtirish mumkin boʻlgan ulkan yirtqichlar orasida Tiranazavr, Gigantozavr va Karxarodontozavr kabi bir qancha misollar mavjud. 2005, 2007 va 2008-yillarda amalga oshirilgan hisob-kitoblarga koʻra, unng uzunligi 12 metrdan 18 metrgacha (41-59 ft) hamda ogʻirligi 7-20 tonna orasigacha boʻlishi mumkinligi aniqlangan.[3][4][5] 2014—2018-yillarda yangidan olib borilgan nisbatan toʻliqroq hisob-kitoblar majmuasi avvalgi tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatladi va Spinozavrning uzunligini 15-16 metr (49-52 ft)gacha yetishi mumkinligini aniqladi.[6][7][8] Spinozavrning bosh suyagi zamonaviy timsohnikiga oʻxshash boʻlib: uzunchoq, nisbatan tor tuzilmaga hamda konussimon tishlar shoshqatoriga ega edi. Uning uch barmoqli qoʻllari boʻlgan. Oyogʻi baland va mustahkam tuzilmada tashkil topgan. Spinozavr umurtqa pogʻonasi uzunchoq choʻzilmasimon boʻlgan. Oʻziga xos nerv umurtqalari kamida 1.65 metr (5.4ft) gacha uzunlikkacha osa olgan. uzunligi va ularni bir-biriga bogʻlab turadigan teriga ega boʻlib, yelkanga oʻxshash tuzilishga ega boʻlishi mumkin edi, garchi baʼzi mualliflar umurtqa pogʻonasi yogʻ bilan qoplangan va tepalik hosil qilgan deb taxmin qilishgan.[8] Spinozavrning son suyaklari kichik, oyoqlari esa tanaga mutanosib ravishda qisqa edi.
Spinozavr baliq bilan ozuqlangani olimlarga maʼlum. Aksari tadqiqodchilar ushbu zavr oʻz ljasini quruqlikda turib suvdan ovlagan deb hisoblashadi. Dalillar shuni koʻrsatadiki, Spinozavr reptiliya (sudralib yuruvchilar) hisoblangan: zamonaviy timsohlar singari quruqlikda ham, suvda ham jon saqlagan. Spinozavrning oyoq suyaklarida osteoskleroz (yuqori suyak zichligi) boʻlgan. Bu esa suzishni yaxshiroq nazorat qilishga imkon berardi. Dumi suv ostida eshkak sifatida foydalanish uchun xizmat qilgan. Yuqori tanasidagi „yelkan“ bir nechta vazifalarni bajarish uchun xizmat qilgan. Jumladan raqiblarni qoʻrqitish yoki turidagi moda dinavrlarni oʻziga jalb etish uchun. Spinozavr koʻplab boshqa dinozavrlar, shuningdek, timsohlar, kaltakesaklar, toshbaqalar, pterozavrlar va plesiozavrlar singari suv toshqini koʻp boʻlib turuvchi va nam sharoitdagi oʻrmonlarda yashagan.