Surxondaryo viloyati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Surxondaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib oʻtuvchi “Surxon” (fors-tojik: “qizil”) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2821,9 ming kishi (2023-yil 1-aprel holatiga koʻra). Tarkibida 14 ta tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi — Termiz shahri.
viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Termiz |
Yirik shahari | Termiz |
Boshqa yirik shaharlari | Denov, Shoʻrchi, Boysun |
Asos solingan sanasi | 1941-yil 6-mart |
Hokim | Ulugʻbek Qosimov[1] |
Rasmiy tili | O'zbek |
Aholi (2023-yil 1-aprel holatiga) | 2 821 900 (7-oʻrin) |
Millatlar tarkibi | Oʻzbek, tojik, turkman |
Dinlar tarkibi | Islom |
Maydoni | 20,1 ming km2 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-SU |
Avtomobil raqami kodi | 75-79 |
Rasmiy sayti | surxondaryo.uz |
Xaritada | |