Sushi (zushi)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sushi (yaponcha: すし, 寿司, 鮨, 鮓?) sirkalangan guruch, shakar, odatda xom dengiz masalliqlari, sabzavot va boshqa masalliqlardan tayyorlanadigan maxsus taom. Sushining har xil turlari mavjud, lekin ularning orasida umumiy bir jihat bu sushi guruchi (yaponcha: しゃり shari?) yoki (yaponcha: 酢飯 sumeshi?)[1] hisoblanadi.
Zamonaviy sushi ixtirochisi 1824-yilda Edo davrida (1603-1867) dengiz mahsulotlari qoʻlda siqilgan sirkali guruchga solib, nigiri-zushi ixtiro qilgan Hanaya Yohey ekanligiga ishoniladi. Bu Edo davridagi chōnin sinfining tez tayyorlanadigan taomi edi[2][3][4].
Sushi anʼanaviy ravishda oʻrta donli oq guruchdan tayyorlanadi, ammo uni jigarrang guruch yoki mayda donli guruch bilan tayyorlash mumkin. Koʻpincha kalamar, ilon baliq, sariq quyruq, qizil ikra, orkinos yoki qisqichbaqa goʻshti kabi dengiz mahsulotlari bilan tayyorlanadi. Sushining koʻp turlari vegetarian taom hisoblanadi. Koʻpincha zanjabil, vasabi va soya sousi bilan dasturxonga tortiladi. Daikon turp yoki maydalangan daikon (takuan) taom uchun mashhur yondosh taom hisoblanadi.
Sushini baʼzan sashimi bilan ham adashtirishadi[5].