From Wikipedia, the free encyclopedia
TEAM University – bu O'zbekistonning Toshkent shahridagi xususiy tadbirkorlik universiteti. Universitet Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18- apreldagi 241-sonli [1] qarori bilan tashkil topgan va Ta'lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspektsiyasining 0007-sonli litsenziyasini [2] Universitet O'zbekistondagi birinchi tadbirkor universiteti bo'lib, xususiy nodavlat ta'lim muassasasi sifatida tashkil etilgan. 2020 yilda TEAM Universiteti Umumta'lim kursiga (International Foundation Course, Buyuk Britaniyaning NQF 3-bosqichi) dastlabki qabul boshlandi, u 2020 yil 29- iyulda Sifatni Ta'minlash Agentligi (QAA) tomonidan tavsiya etilgan tasdiqlash jarayonidan o'tdi. TEAM Universiteti talabalarga Umumta'lim kursini (International Foundation Course) o'qishni qishda, 1-fevraldan [3], boshlashni taklif qilgan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi.
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2023-07) |
Turi | Universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2020 |
Rektori | Alisher Xasanov |
Manzili | |
Kampusi | Toshkent shahri |
Veb-sayti | www.teamuni.uz |
2021 yildan boshlab ,TEAM o’quv yo’nalishlar bo'yicha bakalavriat dasturlariga (Buyuk Britaniyaning 4, 5, 6 darajalari) qabul qilishni boshlaydi:
TEAM o'z dasturlarini tasdiqlash, ishlab chiqish va sifatini ta'minlash uchun Buyuk Britaniyaning London South Bank University (LSBU) bilan hamkorlik qiladi. LSBU Buyuk Britaniyaning boshqa potentsial nomzodlar qatorida sinchkovlik bilan ko'rib chiqildi va TEAM hamkori sifatida tanlandi. Bunga 2016 yilgi The Times va Sunday Times Good University Guide. [4] nashrlari tomonidan 2016 yilgi “Eng yaxshi tadbirkor Universiteti” deb topilgan tadbirkorlik ta'limidagi ko'magi va mukammalligi sabab bo’ldi.
TEAM Universiteti ham ta'sischilarni, ham mustaqil a'zolarni o'z ichiga olgan Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. 2020 yil 29-oktyabr holatiga Boshqaruv tarkibiga quyidagilar kiradi:
TEAM universiteti rasmiy veb-sayti teamuni.uz [5] ma'lumotlariga ko'ra TEAM universiteti quyidagilarga intiladi:
Amaliy tadqiqotlar va akademik mukammallikda tan olinishi uchun harakat qilish.
Umumta'lim kursi [8] (IFC) talabalarni Buyuk Britaniyaning bakalavr dasturlariga tayyorlash uchun mo'ljallangan bir yillik kunduzgi dasturdir. Kurs talabalarni bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli akademik izlash uchun kerakli ko'nikma va malakalarga ega qilish uchun yaratilgan. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgan barcha talabalar TEAM Foundation sertifikatiga ega bo'ladilar va TEAM Universitetida taqdim etilgan bakalavriat dasturlaridan biriga qabul qilinadilar.
TEAM universiteti xilma-xillikni qo'llab-quvvatlaydi va o'z harakatlarida o'z ko’zlangan natijani va vazifasini amalga oshiradi. ko’zlangan natija va vazifa bino me'morchiligida va binolarni tematik bezashida aks etadi. Sinf xonalari va ijtimoiy joylar turli mamlakatlardan kelgan olimlar, rassomlar, ijtimoiy tadbirkorlar, investorlar, ishbilarmonlarning turli xil belgilariga, turli xil kelib chiqishi, jinsi va qobiliyatlariga bag'ishlangan. Universitetda Nelson Mandela, Malala Yusufzay, Stiven Hoking, J.K. Rouling, Pavel Durov, Sundar Pichay, Sheril Sendberg, Uorren Baffet, Ilon Mask uchun bag'ishlangan auditoriyalar mavjud.
Binoni loyihalashda ijtimoiy hudud va o'z-o'zini o'rganishga bag’ishlangan hududlarga alohida e'tibor berildi. Ular bino bo'ylab joylashgan va ko'pincha ta'lim maqsadlariga xizmat qiladi. Yerto'la maydoni ochiq havoda amfiteatr sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, u kun davomida ma'ruzalar, ijtimoiy aloqalar, o'quv mashg'ulotlari, sinfdan tashqari ishlar va boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin. Universitetning o'quv resurs markazida ta'lim olish uchun ko'plab joylar mavjud.
O'quv-resurs markazining dizayni ochiqlik va shaffoflik falsafasi asosida yaratilgan. Markazda ma'ruza xonalari va xususiy xonalar, guruhda ishlash xonalari, kafelar, kitoblar uchun va shaxsiy javonlar, yig'ilish xonalar, videofilmlarni ko’rish uchun xonalar mavjud. Birinchi va ikkinchi qavatlar o'quv xonalari, ijtimoiy joylar va idoralar bilan aralash hudud.
TEAM universiteti Toshkentning jadal rivojlanayotgan tumanlaridan biri - Yashnobod tumanida joylashgan. Universitet atrofida yirik shaharsozlik loyihalari amalga oshirilmoqda, jumladan ustki metro qurilishi (TEAM stantsiya-2 yaqinida joylashgan), Parkent va Maxtumkili ko'chalarining rekreatsion loyihalari, shuningdek, Qorasuv uy-joy loyihasi. Universitet atrofi xilma-xil bo'lib, Toshkent va O'zbekistonga xos madaniy aralashmani aks ettiradi. Yaqin orada Masjid va Arman pravoslav cherkovi mavjud. Do'stobod mahallasi, Qorasuv kanali bo'yi va Tuzel aerodromi ham universitetga yaqin masofada joylashgan.
Universitet manzili: 100050, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv bo'yi ko'chasi (Temur Malik), 146.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.