From Wikipedia, the free encyclopedia
Tabasaran tili — Kavkaz tillari oilasining naxdogʻiston tillari guruhiga mansub, Dogʻiston Respublikasining Tabasaran va Xiv tumanlarida tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 95 ming kishidan ortiq. Janubiy va shim. lahjalarga ega, ularning har biri oʻz sheva guruhlaridan iborat. Adabiy Tabasaran tili asosan jan. lahja negizida shakllangan. Fonetik tizimida 6 unli hamda 50 dan ortiq undosh, jumladan pp, tt, kk, chch kabi portlovchi jarangsiz qoʻsh undoshlar mavjud; urgʻu kuchsiz va koʻchuvchan. Morfologiyasida otlar kelishik va son boʻyicha oʻzgaradi; kelishik tizimi juda rivojlangan: 44 kelishik mavjud. Feʼllardagi zamon va mayl tizimi nihoyatda murakkab. Lugʻat tarkibida sof tabasaran soʻzlaridan (ular 60 foizdan ortiq) tashqari arab, fors, turkiy va rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham mavjud. Tabasaran tili yozuvi 1932—1938 yillarda lotin grafikasi asosida, 1938-yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.