Ternopil
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ternopil (sobiq Tarnopol) — Ukrainaning Ternopil viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Seret (Dnestr irmogʻi) daryosi boʻyida. Transport yoʻli va shosse yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 235 ming kishi (1997).
Ternopil 1540-yildan Rech Pospolita tarkibida maʼlum. 1772-yildan Avstriya, 1809—15 yillarda Rossiya imperiyasi, keyinchalik Avstriya va Avstriya Vengriya, 1919—39 yillarda Polsha tarkibida, 1939-yil dekabrdan Ukrainaning Ternopil viloyati markazi. 1941-yil 30 iyundan 1944-yil 15 aprelgacha nemis fashistlari qoʻlida boʻldi. Respublikaning sanoat markazlaridan biri.
Yengil (ip gazlama kombinati, sunʼiy koʻn zavodi), oziq-ovqat (goʻsht, shakarqand, sut va boshqalar), mashinasozlik (shu jumladan, kombaynlar ishlab chiqarish.) sanoatlari mavjud. Farmatsevtika fabrikasi, chinni zavodi, mebel kombinati faoliyat koʻrsatadi.
4 universitetlar (tibbiyot, ped., moliyaiqtisodiyot, texnik), 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi (kartinalar galereyasi bilan birgalikda) ishlab turibdi.
Meʼmoriy yodgorliklaridan Voskreseniye (17-asr), Xristorojdestvenskaya (16-asr oxiri), Vozdvijeniye (16-asr) cherkovlari, dominika kostyoli (18-asr) saqlangan.[1]