From Wikipedia, the free encyclopedia
The International Dota 2 oʻyini boʻyicha oʻtkaziladigan va boshqa kibersport yoʻnalishlari orasida eng yirik kibersport turniridir[1]. Turnir Valve tomonidan uyushtiriladi. Birinchi marta Kyolnda Gamescom 2011 taqdimotida boʻlib oʻtdi. Dota 2 kompyuter oʻyini boʻyicha The International turniri ishlab chiqaruvchi Valve kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladi. Turnirning yakuniy qismida dunyoning 16 ta eng yaxshi jamoasi (2017-yildan 18 ta, 2022-yildan esa 30 ta jamoa) ishtirok etadi. 2011-yildan beri The International turniri yiliga bir marta oʻtkazib kelinmoqda va mukofot puli miqdori va ishtirokchilar tarkibi boʻyicha Dota 2 boʻyicha yilning eng muhim va nufuzli tadbiri hisoblanadi[2]. The International jahon chempionatidek ahamiyatga ega, turnirdagi gʻalaba butun dunyo oʻyinchilari va jamoalari uchun eng yuqori yutuqdir. 2011-yilda oʻtkazilgan birinchi turnirning mukofot jamgʻarmasi kibersport uchun misli koʻrilmagan katta summa 1,6 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2013-yildan buyon har yili mukofot puli miqdori boʻyicha rekordni yangilab kelmoqda — 2021-yilda mukofot jamgʻarmasi 40 million dollardan oshdi[2]. 2013-yildan boshlab The International mukofot jamgʻarmasining bir qismi kraudfanding orqali shakllantiriladi: turnir arafasida oddiy Dota 2 oʻyinchilari oʻyinlar doʻkonida maxsus bonuslar toʻplamini sotib olish imkoniyatiga ega boʻlishadi („Battle Pass“) va ushbu toʻplamlarni sotishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi turnirning sovrin jamgʻarmasini toʻldiradi. Sovrin jamgʻarmasini birgalikda moliyalashtirishning ushbu modeli asta-sekin boshqa kibersport turnirlarida paydo boʻldi.
The International turniri odatda yozning oxirida oʻtkaziladi (The International 10 bundan mustasno, COVID-19 epidemiyasi bilan bogʻliq muammolar tufayli tashkilotchi sanani oktabrga koʻchirishga majbur boʻlgan[3]). Baʼzi jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma olishsa, boshqalari mintaqaviy saralash orqali turnirda qatnashish imkoniyatiga ega. Birinchi turnir — TI 2011 DOTAda oʻynagan eng kuchli jamoalarning bevosita taklifiga binoan oʻtkazildi. Asta-sekin toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnomalar soni kamaydi — 2011-yildagi 16 tadan 2017-yilda 6 tagacha. Turnirdagi qolgan oʻrinlar hududiy saralash oʻyinlarida aniqlanadi.The International 2017 dan keyin butun mavsum davomida yangi Dota Pro Circuit ball tizimi joriy etildi. Eng koʻp ochko toʻplagan dastlabki 12 jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma orqali turnirida ishtirok etadi[4][5][6]. Qolgan oʻrinlar mintaqaviy saralash bosqichida birinchi oʻrinni egallagan jamoalarga berildi.
Turnirning final qismida barcha jamoalar guruh bosqichida oʻzaro oʻyinlar oʻtkazishadi. Guruhdagi natijaga koʻra jamoalar yoki keyingi saralash bosqichida ishtirok etishadi yoki tunirni tark etishadi. Saralash bosqichiga oʻtganlar Natijalariga koʻra, „pastki“ yoki „yuqori“ saralash bosqichida ishtirok etishadi. Saralashdagi oʻyinlar Best-of-three (BO3) formatida, yaʼni bir jamoa 2 marta gʻolib boʻlgunicha oʻtkaziladi (maksimal 3 ta oʻyin boʻlishi mumkin). „Yuqori“ saralashda magʻlub boʻlgan jamoa „pastki“ saralashga tushadi va u yerda hali ham chempionlik uchun kurashish imkoniyati mavjud. „Pastki“ saralashda jamoa magʻlubiyatga uchragan taqdirda, turnirni tark etadi. Turnirning final bosqichidagi oʻyinlar tomoshabinlar oldidagi sahnada oʻtkaziladi (COVID-19 epidemiyasi bilan bogʻliq muammolar tufayli jamoalar boʻsh tribunalarda boʻlib oʻtgan The International 10 bundan mustasno[3]). Yuqori va quyi saralashlarda gʻoliblar aniqlangandan soʻng, „grand-final“ tashkil etiladi, unda turnir chempioni aniqlanadi. Grand-finalda oʻyin jamoalardan birining uchta gʻalabasigacha davom etadi.
Chempionlar Aegisi, Aegis of Champions — bu turnirda beriladigan mukofot hisoblanadi. Bu Weta kompaniyasi tomonidan bronza va kumushdan yasalgan qalqondir. Old tomonida Radiant va Dire tomon oʻrtasidagi kurash tasvirlangan rasm, orqa tomonida esa The International barcha gʻoliblarining ismlari oʻyib yozilgan. Bu mukofotni haqiqiy qalqon sifatida foydalanish mumkin. Qalqonda chuqurchalar mukofotni boshning tepasiga koʻtarish qulayligi uchun maxsus aylana shaklida qilingan.
Yil | Jamoalar | Chempion | Mukofot fondi | Vaqt oraligʻi | Joy |
---|---|---|---|---|---|
2011 | 16 | Natus Vincere[7] | $1,600,000 | 17—21-avgust kunlari | Koelnmesse (Cologne)[8] |
2012 | Invictus Gaming[9] | $1,600,000 | 31-avgustdan 2-sentabrgacha | Benaroya Hall (Seattle)[10] | |
2013 | Alliance[11] | $2,874,380 | 7—11-avgust kunlari | ||
2014 | Newbee[12] | $10,923,977 | 18—21-iyul kunlari | KeyArena (Seattle)[13] | |
2015 | Evil Geniuses[14] | $18,429,613 | 3—6-avgust kunlari | ||
2016 | Wings Gaming[15] | $20,770,460 | 3—13-avgust kunlari | ||
2017 | 18 | Team Liquid[16] | $24,787,916 | 7—12-avgust kunlari | |
2018 | OG[17] | $25,532,177 | 20—25-avgust kunlari | Rogers Arena (Vancouver)[18] | |
2019 | OG[19] | $34,330,068 | 20—25-avgust kunlari | Mercedes-Benz Arena (Shanxay)[20] | |
2020 | COVID-19 sababli bekor qilindi | 18—23-avgust kunlari | Avicii Arena (Stokgolm) | ||
2021 | 18 | Team Spirit[21] | $40,018,195 | 7—17-oktabr kunlari | Arena Națională (Buxarest)[22] |
2022 | 30 | TBD | TBD | 8—30-oktabr kunlari |
2011-yilda birinchi The International 2011 turnirida qatnashish huquqi oʻsha paytda eng mashhur DotA oʻynovchi 16 jamoaga berildi[24]. Chunki Dota 2 oʻyini rasman hali chiqarilmagan, saralash bosqichi esa yoʻq edi[25][26]. Chempionat 2011-yilning 17—21-avgust kunlari Germaniyaning Kyoln shahrida boʻlib oʻtdi. „Grand-final“da Ukrainaning NaʼVi jamoasi finalda Xitoyning EHOME jamoasini magʻlub etdi va The Internationalning birinchi chempioniga aylandi.
Qatnashuvchi jamoalar[27] | |||
---|---|---|---|
MeetYourMakers | MiTH-Trust | GosuGamers.net | nevo |
Moscow Five | Natus Vincere | Virus Gaming | MUFC |
TyLoo Gaming | Mineski.Infinity | Invictus Gaming | Online Kingdom Nirvana International |
Scythe.SG | EHOME | Storm Games Clan | Online Kingdom Nirvana China |
2012-yilda Valvedan toʻgʻridan-toʻgʻri „invite“ni (taklifnoma) dunyoning 14 ta eng yaxshi jamoasini oldi, qolgan ikkita oʻrin uchun kurash esa Sharq va Gʻarb uchun bir vaqtning oʻzida — 2012-yil 6-iyundan 10-iyungacha „Wild Card Qualification“ onlayn kvalifikatsiyasidan foydalangan holda oʻtkazildi. Final bosqichi 2012-yil 26-avgustdan 2-sentabrgacha Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, Xitoyning Invictus Gaming jamoasi finalda avvalgi chempion NaʼVi ustidan gʻalaba qozonib, turnirning ikkinchi chempioniga aylandi.
2013-yilda butun dunyodan 13 ta jamoa turnirga taklifnoma oldi, ikkita jamoa esa Gʻarb uchun — 2013-yil 13-maydan 19-maygacha, Sharq uchun — 20-maydan 30-maygacha „Wild Card Qualification“ onlayn saralash bosqichida aniqlandi. Oxirgi oʻrin esa 3-avgust kuni Sietlda saralash bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida oʻtkazildi. Sovrin jamgʻarmasi 2 874 407 dollarni tashkil etdi[28].Turnirning final qismi 2013-yilning 3-avgustidan 12-avgustiga qadar Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, finalda Shvetsiyaning „Alliance“ jamoasi „NaʼVi“ni magʻlub etib, chempion boʻldi.
2014-yilda butun dunyodan 11 ta jamoa turnirga taklifnoma oldi, yana toʻrttasi Wild Card Qualification onlayn saralash bosqichidan foydalangan holda tanlab olindi, bu safar saralash oʻyinlari quyidagi mintaqalar boʻyicha boʻlib oʻtdi: Yevropa, Amerika, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo. Soʻnggi invite saralash bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida oʻtkazildi. Mukofot jamgʻarmasi 10 931 105 dollarni tashkil etdi[29]. Turnirning final qismi 2014-yilning 18—21-iyul kunlari Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi va finalda Xitoyning „NewBee“ jamoasi oʻz hamyurtlari Vici Gamingni magʻlub etib, chempion boʻldi.
2015-yilda butun dunyodan 10 ta jamoa turnirga taklifnoma oldi, yana toʻrtta oʻrin mintaqaviy saralash turnirlari gʻoliblariga nasib etdi: Yevropa, Amerika, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, qolgan ikkita oʻrinni mintaqaviy saralashda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar egalladi. Turnirning boshlangʻich mukofot jamgʻarmasi anʼanaviy tarzda 1 600 000 AQSH dollarini[30], chiptalardan olinadigan qoʻshimcha toʻlov esa yana 16 829 613 AQSh dollarini tashkil etdi[31].Yakuniy mukofot jamgʻarmasi 18 429 613 dollarni tashkil etdi[29]. Final 2015-yilning 27-iyulidan 8-avgustiga qadar Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, Amerikaning Evil Geniuses jamoasi finalda Xitoyning CDEC Gaming jamoasini magʻlub etib, chempion boʻldi.
2015-yilda Valve oʻzining turnir tizimida ikkita katta oʻzgarishlarni eʼlon qildi. Birinchidan, uchta major eʼlon qilindi (Major — dunyoning top jamoalari ishtirok etuvchi TI dan keyingi oʻrinda turuvchi turnir). Ikkinchidan, transfer qoidalari oʻrnatildi, unga rioya qilmaslik jamoa tarkibidagi oʻzgarishlar tufayli toʻgʻridan-toʻgʻri yirik turnirlarga taklif qilish imkoniyatidan mahrum boʻlishiga olib keldi, ammo bu turnirlarda umumiy saralash orqali qatnashish imkoniyati saqlab qolindi.[32][33]. 2015-yil sentabr oyida birinchi Major turniri tafsilotlari eʼlon qilindi. Majorlar kuz, qish va bahor fasllarida, The International 2016 esa odatdagidek yozda oʻtkazilishi rejalashtrildi[34].
2016-yilda musobaqaga butun dunyodan 6 ta jamoa taklif etilgan boʻlib, ular qatoriga hududiy saralashda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan sakkizta jamoa qoʻshilgan boʻlsa, qolgan ikki oʻrin mintaqaviy saralash „Wild Card Qualification“da uchinchi oʻrinni egallagan toʻrtta jamoa oʻrtasida oʻtkazildi. Turnirning sovrin jamgʻarmasi 20 770 460 AQSH dollarini tashkil qildi[35]. Final 2016-yilning 3-avgustidan 13-avgustiga qadar Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, Xitoyning Wings Gaming jamoasi finalda Amerikaning Digital Chaos jamoasini magʻlub etib, chempion boʻldi.
Qatnashuvchi jamoalar | |||
---|---|---|---|
OG | Team Liquid | NewBee | LGD Gaming |
Team Secret | MVP Phoenix | Natus Vincere | Wings Gaming |
Alliance | Evil Geniuses | TnC Gaming | Vici Gaming Reborn |
Digital Chaos | EHOME | Escape Gaming | Fnatic |
Oʻrin | Jamoa | Mukofot puli |
---|---|---|
Wings Gaming | 9 139 002 $ | |
Digital Chaos | 3 427 126 $ | |
Evil Geniuses | 2 180 898 $ |
2017-yilda butun dunyodan 6 ta jamoa turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma oldi, qolgan 12 ta oʻrin mintaqaviy saralash bosqichida oʻynadi, bu safar saralash olti mintaqada oʻtkazildi: MDH, Xitoy, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika. Chempionatda yangi oʻzgarishlar boʻldi — endi turnirda 18 ta jamoa ishtirok etadigan boʻdi. Bundan tashqari oʻz guruhida soʻnggi oʻrinlarni egallagan 2 jamoa turnirni tark etardi. Final 2017-yilning 7—17-avgust kunlari Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, finalda Team Liquid jamoasi TI 2014 chempioni „NewBee“ni magʻlub etgan holda chempion boʻldi.
2018-yilgi mavsumda eng yuqori DPC ball toʻplagan 8 ta jamoa turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma oldi, qolgan 10 ta oʻrin mintaqaviy saralash bosqichida oʻynaldi. Saralash oʻtgan yilgidek — olti mintaqada oʻtkazildi. Bu birinchi mavsumning DPC tizimi boʻyicha jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnomalarni olgan birinchi TI boʻldi. Oʻtgan yillardagi chempionatlardan farqli oʻlaroq, bu safar final Vankuverda (Kanada) boʻlib oʻtdi. Final bosqichi 2018-yilning 20—25-avgust kunlari boʻlib oʻtdi, „Grand-final“da Yevropaning OG jamoasi Xitoyning PSG.LGD jamoasini magʻlub etib, chempion boʻldi.
2019-yilgi mavsumda eng yuqori DPC ball toʻplagan 12 ta jamoa turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma oldi, qolgan 6 ta oʻrin uchun avvalgi yildagidek 6 ta mintaqadagi jamoalar saralash bosqichida bahslashishdi. Turnirning final bosqichi 2019-yilning 15—25-avgust kunlari Shanxayda (Xitoy) boʻlib oʻtdi. Yevropaning OG va Team Liquid jamoalari chempionlik unvoni uchun kurashdi va 2019-yil ham OG gʻalaba qozondi va The Internationalning ikki karra chempioni boʻlgan birinchi jamoaga aylandi.
2020-yilda turnir global COVID-19 epidemiyasi tufayli bekor qilindi. Biroq, „Battle Pass 2020“ 2020-yil 25-mayda sotuvga chiqarildi.
2021-yilgi turnirda final bosqichi 5—15-avgust kunlari Stokgolmda (Shvetsiya) oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, Valve turnirni Shvetsiyada tashkil qila olmadi, shuning uchun u boshqa joyga koʻchirildi. Keyinchalik Valve The International oktabr oyida Ruminiyaning Buxarest shahrida, „Arena Națională“ stadionida boʻlib oʻtishini eʼlon qildi. Musobaqaning guruh bosqichi 7—10-oktabr kunlari, saralash (asosiy bosqich) 12—17-oktabr kunlari boʻlib oʻtdi. Davom etayotgan COVID-2019 pandemiyasi tufayli tashkilotchilar tadbirlarni boʻsh tribunalarda oʻtkazishga majbur boʻlishdi[3], biroq, onlayn translyatsiya statistikasi soʻnggi chempionatdan oshib ketdi — faqat grand finalni butun dunyo boʻylab 2 milliondan ortiq tomoshabin onlayn tarzda tomosha qildi[36]. Rossiyaning „Team Spirit“ jamoasi grand finalda Xitoyning „PSG.LGD“ jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, chempion boʻldi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.