The Vampire Diaries
From Wikipedia, the free encyclopedia
The Vampire Diaries (tarjimasi „Vampir kundaliklari“) Kevin Williamson va Julie Plec tarafidan L. J. Smith qalamiga mansub shu nomli romanlar turkumi asosida yaratilgan dahshatli va drama janrlaridagi Amerika teleserialidir. Serial 2009-yil 10-sentabrdan to 2017-yil 10-martga qadar CW telekanali orqali efirga uzatildi. 171 ta qismdan (8 ta fasl) iborat. Efirga uzatilishni boshlagan vaqtdan eʼtiboran koʻplab tomoshabinlar yigʻgan ushbu serial 2006-yildan faoliyatini boshlagan CW telekanalida eng koʻp tomosha qilingan teleserial boʻldi.[1] Birinchi fasl 3.60 million tomoshabin tomonidan tomosha qilindi.[2] Serial koʻplab mukofot va nomzodliklarga, jumladan toʻrt marotaba Peopleʼs Choice Award va koʻplab marotaba Teen Choice Awardsga loyiq koʻrildi.
The Vampire Diaries | |
---|---|
Janri | |
Qaysi asarga asoslangan |
The Vampire Diaries –L. J. Smith |
Yaratuvchi(lar) |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Michael Suby |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Mavsumlar soni | 8 |
Qismlar soni | 171 |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi prodyuser(lar) |
|
Prodyuser(lar) | Julie Plec |
Joy |
|
Kinematografiya |
|
Qism davomiyligi | 41-49 daqiqa |
Studiya(lar) |
|
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | The CW |
Tasvir formati | 1080i (16:9 HDTV) |
Translyatsiya davri | 10-sentyabr, 2009-yil(2009-09-10) — 10-mart, 2017-yil(2017-03-10) |
Tarixi | |
Oʻxshash koʻrsatuv(lar) |
|
26-aprel 2013-yil sanasida The CW telekanali rasmiy tarzda serialning spin-offi boʻlmish The Originals serialini efirga uzatishni boshlashini bildirdi. Bu serialda mavzu vampirlarning asl oilalari haqida boʻldi. Teleanal serialni 2013- va 2014-yillarda efirga uzatishini bildirdi.[3]
6-aprel 2015-yilda serialning bosh qahramon aktrisasi boʻlmish Nina Dobrev (Elena Gilbert personajini jonlantirgan) Instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali serialni 6-fasldan soʻng, tark etishini bildirdi.[4] 7-faslda Dobrev ovoz roli uchun qaytdi.[5][6] 11-mart 2016-yilda telekanal serialning 8-faslini suratga olish ishlari boshlanganligini bildirdi.[7] Biroq, oʻsha yilning 23-iyulida bu fasl 16 qismdan iborat boʻlishini va serialning yakuniy fasli boʻlishini bildirdi.[8] Yakuniy fasl 21-oktabr 2016-yilda efirga uzatilishni boshladi.[9]