Tiki-taka
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tiki-taka (ispancha: tiqui-taca,inglizcha: tiki-taka) — ispan futboli taktikasi boʻlib, qisqa pastlar bilan maydonning turli joylarda doimiy ravishda toʻpni nazorat qilishga asoslangan.Shunga oʻxshash uslubni „Barselona“ futbol klubi Pep Gvardiola boshchiligida ishlab chiqdi, keyinchalik u bu usulni „foydasiz va tushunarsiz“ deb atadi.[1] Tiki-takaning tarixiy ildizlari 1990-yillardagi Yoxan Kroyff tomonidan „Barselona“ga singdirilgan oʻyin uslubiga borib taqaladi.Tiki-taka usuliga asoslangan futbol bilan 2008 va 2012-yil Yevropa chempionati,2010-yil jahon chempionatida chempionlikni qoʻlgan kiritgan Ispaniya terma jamoasining „oltin avlod“ga boshchilik qilgan Luis Arogones va Visente del Boske murabbiyligida juda yorqin oʻyin namoyish etishdi.2009-yil olishi mumkin boʻlgan barcha 6 ta sovrinni qoʻlga kiritgan „Barselona“ ham shu Tiki-takani qoʻllashdi.Tiki-taka futboldagi anʼanaviy fikrlashdan voz kechib hududiy belgilashga oʻtishni oʻz ichiga oladi.[2][3][4]