![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/32/TOFA%25C5%259E_logo_%25282019-%2529.svg/languz-640px-TOFA%25C5%259E_logo_%25282019-%2529.svg.png&w=640&q=50)
Tofash
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tofash (uzaytmasiTurk Otomobil fabrikasi Anonim Shirketi) — 1968-yilda Turk avtomobil ishlab chiqaruvchisi, Koch Holding asoschisi, Vehbi Koch tomonidan tashkil etilgan. Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodi Bursa shahrida joylashgan. Fiat Chrysler Automobiles va Koch xolding kompaniyalarining qoʻshma korxonasi hisoblanadi (kompaniyaning 37,8 % aktsiyalari Fiat Groupga, 37,8 foizi Koch xoldingiga va 24,3 % birjada).[1]
![]() | |
Turi | Aksiyadorlik Jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobil sanoati |
Egasi | Fiat Chrysler Automobiles |
Qachon asos solingan | 1968 |
Joylashuvi | location |
Asoschi(lari) | Vehbi Koç |
Rahbariyat |
Cengiz Eroldu (CEO) Fabrizio Renzi (CFO) |
Mahsulot(lar)i | Avtomobillar, Tijorat avtomobillari, Butlovchi qismlar |
Aylanma daromadi | ▲ USD 2.7 billion (2018) |
Ishchilar soni | 7 665 |
Vebsayti | TOFAŞ Homepage |
Tofash yengil va yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaradi. Bu kompaniya sohadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlib, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 7 mingdan ortiq ishchi bilan 400 mingta avtomobilni tashkil etadi. Tofash kompaniyasi Fiat, Citroen, Peugeot, Opel va Vauxhall brendlar avtomobillarini ishlab chiqaradi. Kompaniya bu „oltin daraja“ga Fiat Chrysler Automobiles tomonidan ishlab chiqilgan va dunyo boʻylab 175 zavodda oʻzlashitilgan WCM-World Class Manufacturing Program orqali erishgan.[2]
Tofash Turk avtomobilsozlik sanoatida yetakchi rol oʻynaydi, u Fiat, Alfa Romeo, Lancia, Jeep, Ferrari va Maserati brendlari uchun savdo-sotiq operatsiyalarini olib boradi.[3]
2013-yilda Tofash dunyoning 80 mamlakatiga 160 ming dona avtomobil eksport qildi. Savdo hajmi 7 milliard lira va sof foyda 434 million lirani tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan 240 ming dona avtomobillar bilan, butun Turkiya avtomobil ishlab chiqarish koʻrsatkichining 22 % tashkil qilgan holda, Tofash kompaniyasi export hajmini 4 %ga oshirib, 1,6 mlrd AQSh dollari miqdorida export qildi.[4]