Torjok

From Wikipedia, the free encyclopedia

Torjokmap

Torjok – Rossiyaning Tver viloyatidagi shahar. Torjok tumanining maʼmuriy markazi viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan shahar (okrug) hisoblanadi[1].

Qisqa faktlar Torjok Торжок, Mamlakat ...
Torjok

Торжок
Shahar
Thumb
Thumb
Bayroq
Thumb
Gerb
57°02′00″N 34°58′00″E
Mamlakat Rossiya
Aholisi
41 116 (2 021)
Milliy tarkib ruslar, ukrainlar
Konfessiyaviy tarkib pravoslav
Telefon kodi +7 48251
Pochta indeks(lar)i 172000—172011
Thumb
Yopish

Torjok Rossiyaning janubiy viloyatlaridan Novgorod va Sankt-Peterburgga yaqin joylashgan yirik savdo shahri. XV asrning oʻrtalariga qadar Novgorod Respublikasining chegara shahri boʻlgan.

Shaharda XVII–XIX asrlarning meʼmoriy yodgorliklari, jumladan, turar-joy binolari, cherkovlar, Borisoglebskiy va Tirilish monastirlari saqlanib qolgan. Poligrafiya sanoati va yongʻinga qarshi uskunalar ishlab chiqarish rivojlangan. Aholisi 41 116 kishini tashkil etadi (2021-yil holatiga).

Geografiyasi

Torjok Rossiyaning Yevropa qismida, Tverdan 63 km shimoli-gʻarbda, Valday togʻining etaklarida, Volganing chap irmogʻi boʻlgan Tvertsa daryosining ikkala qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning maydoni 58,8 km². Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi 165 m[2].

Tver Torjokdan 64 kilometr janubi-sharqda, Moskva esa 239 kilometr uzoqlikda joylashgan. Torjok temir yoʻl stantsiyasi Rjev, Lixoslavl va Soblagoga yoʻnalishlar kesishmasi bilan ulangan.

Torjok shahri Torjok tumanining markazi hisoblanadi.

Shahar Tvertsa daryosi kesib oʻtishi natijasida 2 qismga boʻlingan.

Tarixi

Torjok Rossiyaning eng qadimgi shaharlaridan biri. Torjok nomining kelib chiqish davri aniq emas. Taxminlarga koʻra shaharga X-XI asrlar oxirida Novgorod savdogarlari tomonidan asos solingan. Buni arxeologik qazishmalar natijalari tasdiqlaydi.

Aholisi

2020-yilgi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisi soni boʻyicha Rossiya Federatsiyasining 1119 ta shaharlari orasida 369-oʻrinda edi.

Iqtisodiyoti

Elektronika sanoati rivojlangan. „Rossiya temir yoʻllari“ OAJ lokomotiv xoʻjaligi bosh boshqarmasining loyiha-qurilish byurosining filiali Torjokda joylashgan[3].

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.