Tourette sindromi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tourette sindromi (Tourette kasalligi, Gilles de la Tourette sindromi, DSM- 5da — Tourette buzilishi ,inglizcha: Tourette’s disorder) genetik jihatdan aniqlangan markaziy asab tizimining buzilishi boʻlib, u har qanday yoshda oʻzini namoyon qiladi va bunda bemor kun davomida koʻp harakatli tiklar va kamida bitta ovozli tik chiqarishi bilan tavsiflanadi. Tik(fransuzcha: tic "mushaklarning burishishi; „tik“) — tez, stereotipli, qisqa muddatli ixtiyorsiz elementar harakat[1], tashqi tomondan refleksga oʻxshaydi yoki maqsadli[2] giperkinezning bir turi. Giperkineziyalar (yunoncha ὑπthr „kuchli“ va kínēs „harakat“ soʻzlaridan) miyaning notoʻgʻri buyrugʻiga koʻra bir mushak yoki butun muskullar guruhining qisqarishi deb ataladi. Tourette sindromi Amerika ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasining, boshqa tikli buzilishlar sahifasi bilan bir qatorda neyrorivojlanishning harakatli buzilishi[3] sifatida qoʻllanmaning beshinchi nashrida (DSM-5), tasniflanadi. Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi bilan kechuvchi Tourette sindromi[4] tez-tez komorbid holatda uchraydi.
Avvallari Tourette sindromi odobsiz yoki ijtimoiy jihatdan nooʻrin va haqoratli soʻzlarni (koprolaliya) baqirib aytish bilan bogʻliq boʻlgan kamdan-kam uchrovchi va gʻayrioddiy sindrom deb hisoblangan. Biroq, bu alomat Tourette sindromi boʻlgan kam sonli odamlarda uchraydi.Tourette sindromli odamlarning intellektual salohiyati va umr koʻrish davomiyligi normada. Koʻpchilik bolalarda tiklarning faollik darajasi oʻsmirlik yoshi tugaganida ozayadi va kattalarda Tourette sindromining kuchli darajasi kam uchraydi. Tourette sindromli mashhur odamlar hayotning barcha sohalarida uchrab turadi.[5]
Tourette sindromining etiologiyasida genetik va atrof-muhit omillari maʼlum bir ahamiyatga ega, ammo kasallikning aniq sabablari nomaʼlum. Aksariyat hollarda davolanish talab etilmaydi. Tiklarning har bir holati uchun samarali dorilar mavjud emas, lekin bemorning ahvolini yengillashtiruvchi dori-darmonlar va davolash usullaridan foydalanish oqlangan. Kasallikni oʻrganish, tushuntirish ishlarini olib borish va bemorlarga ruhiy koʻmak berish davolash rejasining muhim qismidir.
Ushbu kasallikning nomini Jan Martin Charcot oʻz shogirdi,1885-yilda bu sindrom bilan ogʻrigan 9 bemor haqidagi maʼruzasini nashr etgan fransuz shifokori va nevrologi Gilles de la Tourette sharafiga qoʻyishni taklif etgan.