Traxeostomiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Traxeostomiya (lotincha: tracheostomia, ot qadimgi yunoncha: τραχεῖα — nafas trubkasi i στóμα — teshik, oʻtish) — traxeyada jarrohlik operatsiyasi boʻlib, u traxeyaning old devorida vaqtinchalik yoki doimiy teshik hosil qilishdan iborat. Olingan teshik (traxeostomiya) orqali kelajakda tashqi nafas olish amalga oshiriladi[1].
Qalqonsimon bez bo‘yinchasiga nisbatan kesilish sohasiga qarab yuqori, o‘rta va pastki traxeostomiya tafovut qilinadi. Yuqori traxeostomiyada kekirdak qalqonsimon bez bo‘yinchasi yuqorisidan kesiladi. Oʻrta traxeostomiyada kekirdak bezning bo‘yincha sohasida kesiladi. Buning uchun avval bo‘yinchani kesishga tobg‘ri keladi. Pastki traxeostomiyada
esa kekirdak qalqonsimon bez bo‘yinchasining pastidan kesiladi. Bolalarda ko‘proq pastki traxeostomiya qo‘yiladi. Chunki ularda qalqonsimon bez kattalarga nisbatan balandroqda joylashgan. Bundan tashqari yuqori qo‘yilgan traxeostomiya ovoz bog‘lamosti bo‘shlig‘ining yallig‘lanishiga olib kelishi ham mumkin. Natijada dekapsulatsiya qiyinlashadi.