![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b8/Thrombosis_formation.gif/640px-Thrombosis_formation.gif&w=640&q=50)
Trombofiliya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Trombofiliya — koagulyatsion buzilishning (qon ivishining) eng keng tarqalgan turi boʻlib, organizmning qon lahtalarining shakllanishiga moyilligi bilan tavsiflanadi. Kasallik tomir trombozi, yurak xuruji, qon tomir va boshqa hayot uchun xavfli patologiyalarning asosiy sababi boʻlib hisoblanadi[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b8/Thrombosis_formation.gif/640px-Thrombosis_formation.gif)
Koʻpincha, qon tomir devorining shikastlanishi natijasida tromb hosil boʻladi. Uning vazifasi qon tomir tizimining xavfsizligini taʼminlash, shikastlanish joyida qon yoʻqotishining oldini olishdan iborat boʻladi. Biroq, ortiqcha tromb hosil boʻlishi normal qon aylanishiga toʻsqinlik qiluvchi patologiya boʻlib hisoblanadi[2].