UNIX
From Wikipedia, the free encyclopedia
UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group[1] kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi (Bell Labs)da ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix tizimining yuzaga kelishida Multics operatsion tizimining taʼsiri katta boʻlgan.
Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qoʻllaniladi.
Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan.