Ukraina iqtisodiyoti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ukraina iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha dunyoda 40-oʻrinda — 588 milliard AQSh dollari (2021-yil uchun Xalqaro valyuta fondi maʼlumotlariga koʻra). Aholi jon boshiga YaIM boʻyicha Ukraina 2021-yil uchun Yevropa mamlakatlari orasida oxirgi va dunyoda 97-oʻrinni egallaydi[1]. Ukraina iqtisodiyoti koʻp tarmoqli sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlarga asoslangan iqtisodiyot sanaladi.