Usmon Hamdi bey
From Wikipedia, the free encyclopedia
Usmon Hamdi Bey (30-dekabr 1842, Istanbul — 24-fevral 1910. Istanbul) — turk arxeologi, muzey mudiri, rassomi va Kadikoʻyning birinchi hokimi. U asli millati yunon boʻlgan Usmonli sadr vazirlaridan biri, yoshligida Xios shahridan asrab olingan holda kelgan Ibrohim Ethem Poshoning oʻgʻli hamda Istanbul noibi, shahar hokimi, muzey mudiri, kimyogar va faylasuf Xalilning katta akasidir.
Usmon Hamdi | |
---|---|
Asl ismi | Osman Hamdi Bey |
Tavalludi |
30-dekabr 1842-yil |
Vafoti |
24-fevral 1910-yil(1910-02-24) (67 yoshda) Istanbul, Usmonli imperiyasi |
Kasbi | turk arxeologi, muzey mudiri, rassomi va Kadikoʻyning birinchi hokimi |
Ijod qilgan tillari | Turk tili |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Yoʻnalish | Sanʼat |
Janr | Arxeologiya va rassomchilik |
Bolalari | Nazli Hamdi |
Otasi | Ibrohim Ethem posho |
U birinchi turk arxeologi hisoblanadi. Bag'dodda oʻzining birinchi arxeologik tadqiqotlarini olib borganidan soʻng, zamonaviy arxeologiya fanining Usmonli imperiyasida yuksalishini taʼminladi. Eng muhim arxeologik qazishma 1887-1888-yillarda olib borilgan Sayda podshosi (Livan)qabristonidir. Bu qazishmalar davomida u dunyoga mashhur Aleksandr Sarkofagini topdi.
Usmon Hamdi Bey 29 yil davomida Istanbul arxeologiya muzeyining direktori boʻlgan va muzeyni dunyodagi sanoqli muzeylar qatoriga qoʻshgan. Usmon Hamdi Beyni zamonaviy turk muzeyshunosligining asoschisi deb hisoblaydiganlar buni Usmonlilar davridagi birinchi turk muzey direktori boʻlganligi va muzeyni oʻzi ishlab chiqqanligi bilan asoslaydi.
U shuningdek, bugungi kunda Mimar Sinan universiteti tasviriy sanʼat fakulteti sifatida faoliyatini davom ettirayotgan Sanayi-i Nefise Maktabi oliysi asoschisidir. U birinchi turk rassomlaridan biri boʻlib, turk rasmida figurali kompozitsiyadan foydalangan birinchi rassom sifatida tarixga kirdi[1].