From Wikipedia, the free encyclopedia
Valensiya metropoliteni yoki Metrovalencia — Ispaniyaning Valensiya shahri va uning chekkalarida joylashgan metro va tramvayning birlashgan tarmogʻidir.
Valensiya metropoliteni | |
---|---|
Maʼlumot | |
Davlat | Ispaniya |
Shahar | Valensiya |
Ochilgan vaqti | 1988-yil 8-oktabr |
Boshqaruvchi shirkat | Ferrocarrils de la Generalitat Valenciana |
Davlat | Ispaniya |
Uzunligi | 156,4 km (shundan 27,3 km tunnelda) |
Stantsiyalari soni | 138 ta (shundan 35 tasi yer ostida) |
Yoʻllari soni | 9 |
Kunlik yoʻlovchilar soni | 190,253 |
Yillik yoʻlovchilar soni | 69,442,539 |
Boshligʻi | {{{Boshligʻi}}} |
Sxemasi | |
Bu Ispaniyada Madrid va Barselonadan keyin qurilgan uchinchi metro, Madriddan keyin ikkinchi eng uzun va yo'lovchi tashish bo'yicha Madrid, Barselona va Bilbaodan keyin to'rtinchi o'rinda turadi.
To'qqiz liniyadan iborat. Ulardan oltitasi toʻlaqonli, asosan yerosti, metro liniyalari - 1, 2, 3, 5 va 7 ; va uchta - tramvay: 4, 6 va 8 .
Valensiyadagi metro tarmog'i Trenet de Valensiya () deb nomlanuvchi eski shaharlararo temir yo'l tarmog'ining vorisi bo'lib, poytaxtni yaqin atrofdagi shaharlar bilan bog'laydi. Bu tarmoq asosan XIX asr oxirida qurilgan. Bu liniya dastlab Sociedad Valenciana de Tranvías(), keyinchalik Compañía de Tranvías y Ferrocarriles de Valencia() va nihoyat Ferrocarriles Españoles de Vía Estrecha() tomonidan boshqarilgan.
1980-yillarda amalga oshirilgan eski tarmoqni modernizatsiya qilish kengayishi va zamonaviy temir yo'l transportiga, jumladan uchta metro liniyasi va ikkita tramvay liniyasiga aylanishiga olib keldi. Birinchi metro liniyasining janubiy va shimoliy qismlari dastlab shaharlararo poezd liniyalari boʻlgan, 1988-yilda ular shahar markazi ostidan o'tgan tunnel bilan bog'langan. Shu paytdan boshlab yangi metro va tramvay liniyalari (to'liq yerosti 4 va 6 liniyalar) qurilishi boshlandi.[1]
2006-yil 3-iyulda Valensiya metrosida ikki poyezdning Xesus stantsiyasida relsdan chiqib ketishi natijasida 43 kishi halok bo'ldi va 47 kishi jarohat oldi.
Uzunligi | Bekatlar soni | 2015-yil uchun yo'lovchi tashish | |
70,2 km | 40 | 10.592.826 | |
39,8 km | 33 | 7.005.223 | |
24,7 km | 27 | 13.138.596 | |
15,9 km | 33 | 6.218.834 | |
13,0 km | 18 | 9.562.184 | |
10,7 km | 21 | 2.154.222 | |
15,5 km | 16 | 5.315.240 | |
1,2 km | 4 | 507.802 | |
23,4 km | 22 | 6.191.662 | |
Yo'lning kengligi - 1000 mm, kuchlanish - 750/1500 V, oqim aloqa simlari orqali beriladi. Umumiy uzunligi 143,8 km boʻlgan liniyaning bor-yoʻgʻi 24,2 kmi tunnelda oʻtadi (171 ta bekat va bekatdan 31 tasi yer osti)[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.