Vali Muhammadxon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Valimuhammad ibn Jonibek sulton (XVI asr, Buxoro xonligi – 1611-yil 27-avgust, Buxoro xonligi) – Buxoro xonligi hukmdori va Ashtarxoniylar sulolasining vakili (1605–1611). Davlat arbobi va sarkarda. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II ning jiyani. 1601-yilda Samarqand yaqinidagi Suyohjird[1] va 1601–1605-yillarda Balx[2] noibi.
Vali Muhammadxon | |
---|---|
Vali Muhammadxon ibn Joni Muhammad | |
Vali Muhammadxon portreti | |
Buxoro xonligi hukmdori | |
Mansab davri 1605-yil – 1611-yil | |
Oʻtmishdoshi | Boqi Muhammadxon |
Vorisi | Imomqulixon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
XVI asr Buxoro xonligi |
Vafoti |
2-dekabr 1611-yil Samarqand |
Oʻlim sababi | Qatl etilgan |
Fuqaroligi | Buxoro xonligi |
Turmush oʻrtogʻi | Oyxonim |
Bolalari |
Rustam sulton Muhammad Rahim sulton |
Ota-onasi |
Vali Muhammadxon Balx noibi boʻlgan davrda koʻplab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. Jumladan, Xoja Ukkashoh maqbarasi, Shayx Xoja Porso maqbarasi va Xoja Hayron qadamjosi uchun vaqf yerlarini ajratib, Xoja Hayron qadamjosiga boradigan yoʻlda Xiyobon nomli koʻcha va chorbogʻlar qurdirgan[3]. Vali Muhammadxon Safaviylar davlati hukmdori Abbos I bilan diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻygan[4].
Vali Muhammadxon 1608-yilda Toshkentni Buxoro xonligi hududiga qoʻshib olishi va u yerda hukmronligini mustahkamlash maqsadida soliq tizimini tartibga solishi hukmronlik davrida erishgan muvaffaqiyatlaridan biri sanaladi[5].
Mirzo Salimbek oʻz asarida Vali Muhammadxonni „may va ayollarga hirs qoʻygan“ deb taʼriflagan[6]. Tarixchi Akbar Zamonov fikricha, Vali Muhammadxonning xotirjamligi, shikor va bazmlarga koʻp vaqt sarflashi xonlik hokimiyati zaiflashuviga olib kelgan[7].