Varshava shartnomasi tashkiloti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Varshava shartnomasi tashkiloti (Do'stlik, hamkorlik va o'zaro yordam shartnomasi) (1955 yil 14-maydan 1991 yil 1-iyulgacha) — SSSRning boshchiligida Yevropa sotsialistik davlatlari bilan harbiy ittifoqini tuzishni rasmiylashtirgan hujjat — Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VShT) va dunyoning bipolyarligini 36 yil davomida belgilab berdi. Shartnomaning tuzilishi Germaniyaning NATOga qoʻshilishiga javob boʻldi[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10].
Ushbu sahifani bir xil mazmunda va Varshava shartnomasi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Turi | Xalqaro tashkilot, Harbiy blok |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 14-may 1955-yil |
Tugatilgan | 1-iyul 1991-yil |
Tugatilish sababi | Tarqatib yuborilgan |
Joylashuvi | SSSR, Moskva, Leningrad k., 41 |
Qoʻmondonlar: |
1955—1960: I.S. Konev 1960—1967: А.А. Grechko 1967—1976: I.I. Yakubovskiy 1977—1989: V.G. Kulikov 1989—1991: P.G. Lushev |
Ishchilar soni | 6 435 900 1987-yil |
Aʼzolari |
SSSR, Albaniya XSR, Bolgariya XR Chexiya |
Til(lar)i | ruscha, nemischa, polyakcha, vengercha, chexcha, slovakcha, rumincha, bolgarcha |
Location Warsaw Pakt.svg |
Shartnoma Evropada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 1955-yil 14-mayda Yevropa davlatlarining Varshava konferensiyasida Albaniya, Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya tomonidan imzolangan.
Shartnoma 1955 yil 5-iyunda kuchga kirdi. 1985 yil 26-aprelda muddat tugashi munosabati bilan u 20 yilga uzaytirildi.
1987-yil 1-iyul holatiga ko'ra Varshava Shartnomasiga a'zo mamlakatlarning Qurolli Kuchlari 6 435 900 kishini tashkil etardi.
1989—1990-yillarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kommunistik rejimlar almashganidan soʻng Varshava Shartnomasi Tashkilotining sotsialistik mamlakatlarning harbiy-siyosiy ittifoqi sifatida mavjudligi oʻz mazmunini yoʻqotdi. 1991 yil 25-fevralda Varshava Shartnomasi Tashkilotiga a'zo davlatlar harbiy tuzilmalarini bekor qildilar va 1991 yil 1-iyulda Pragada Shartnomani to'liq bekor qilish to'g'risidagi Protokolni imzoladilar[11].