West Baden Springs mehmonxonasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
West Baden Springs mehmonxonasi (inglizcha: West Baden Springs Hotel)- West Baden Springs (Indiana, AQSh) ― shahridagi tarixiy yodgorlik. U oʻzining keng gumbazli atriumi bilan mashhur.
West Baden Springs shahri 20-asr boshlarida AQShda taniqli kurort edi[1]. Mehmonxona hozir French Lick Resort kazino majmuasining bir qismi hisoblanadi. 1955-yilda Sharlottadagi (Shimoliy Karolina, AQSh) kolizey (Bojangles' Coliseum) tugaguniga qadar, bino 1902-1913-yillarda AQShdagi va dunyodagi eng katta gumbazga ega edi. Mehmonxona 1974-yilda Milliy tarixiy joylar reestriga kiritilgan, 1987-yilda Milliy tarixiy yodgorlikka aylangan va Qoʻshma Shtatlardagi qurilish injeneriyasining diqqatga sazovor joyi hisoblanadi.