Oʻzbekcha Vikipediyada uyushtirilgan viki-marafon From Wikipedia, the free encyclopedia
Loyiha sahifasini koʻrish uchun Vikipediya:WikiStipendiya marafoni, Vikipediya:WikiStipendiya II marafoni, Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni sahifalariga oʻting
rasmiy logo | |
Maqomi | Davom etmoqda |
---|---|
Shiori | Tilimiz uchun! |
Ishga tushgan sanasi | 20-may, 2022-yil |
Joylashuvi | Virtual |
Asoschi(lar)i | Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi |
Vebsayti | Rasmiy Telegram kanal |
Til(lar)i | Oʻzbek |
WikiStipendiya — Oʻzbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilashga qaratilgan viki loyiha. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yosh ijodkorlar kengashi hamda Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi[1].
Loyihaning nomi „viki“ hamda „stipendiya“ soʻzlarining birikmasidir. Loyiha oʻzbekcha Vikipediyada maʼlumotlarni miqdorini oshirishga qaratilgan boʻlib, unda nafaqat talabalar, balki istalgan shaxs qatnashishi mumkin[2]. Loyihaning yana bir maqsadi oʻzbek tilidagi vikilarda tahrirchilar sonini koʻpaytirishdir.
WikiStipendiya Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda oʻzbek tili Internetda munosib oʻrinni egallashini taʼminlash borasida chiqargan farmoni asosida yoʻlga qoʻyildi. Yoshlar ishlari agentligi yirik mukofot jamgʻarmasiga ega viki-marafonni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Yosh ijodkorlar kengashi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oradan koʻp oʻtmay, Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tashabbusni toʻliq qoʻllashga qaror qildi.
2022-yilning 13-may kuni Toshkent shahrida viki-marafon haqida jamoatchilikka xabar tarqatish maqsadida matbuot anjumani oʻtkazildi[3]. WikiStipendiya talabalar orasida va matbuotda katta qiziqish uygʻotdi, bir necha nashrda marafon haqida maqola chop etildi[4][5]. Marafon 20-may kuni rasman ochilishiga qadar marafonning rasmiy Telegram kanaliga 15 mingga yaqin odam obuna boʻldi.
2022-yilning 14-may kuni Toshkent shahrida yangi foydalanuvchilar uchun mahorat darsi uyushtirildi. Shuningdek, taʼlim muassasalari xodimlari bilan alohida sessiya oʻtkazilib, ularga marafon hamda Vikipediya Taʼlim dasturi haqida maʼlumot berildi.
Marafon rasman boshlanishidan oldin Yoshlar ishlari agentligi qoʻllovi bilan 12 videodan iborat video qoʻllanma yozib olindi hamda oʻzbekcha Vikipediyaning YouTube kanaliga yuklandi.
Marafon doirasida Oʻzbekcha Vikipediyada yaratilgan maqolalar bilan natijalar sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.
2022-yilning 26-dekabr kuni marafon gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Marafon gʻoliblari bilan Gʻoliblar sahifasida tanishishingiz mumkin.
2023-yil 30-may sanasida marafonning ikkinchi mavsumiga start berildi. Loyihaning ushbu mavsumida oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar sifatini oshirish, Oʻzbekiston va unga aloqador mavzular haqida maqolalar yaratishni ragʻbatlantirish hamda ularni xorijiy tillardagi Vikipediyalarga tarjima qilishga eʼtibor qaratilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, marafon davomida Wiki-tur va WikiQuiz kabi yangi loyihalar oʻtkazish ham rejalashtirilgan[6]. Loyihaning ilk bosqichi 2023-yilning 1-iyunida Namangan davlat universitetida boshlandi va iyun oyida asosiy eʼtibor Farg‘ona vodiysiga qaratildi.
WikiStipendiya 2022-yilning 20-mayidan 2022-yilning 20-dekabriga qadar davom etadigan viki-marafon oʻlaroq uyushtirildi. Qatnashuvchilar kamida 15 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan istalgan mavzuda kontent yaratishlari mumkin[7]. Shunday boʻlsa-da, olti keng yoʻnalishda maqola yaratish tavsiya qilindi (tabiiy fanlar va tabiatshunoslik, tarix, madaniyat va sanʼat, falsafa, texnika va texnologiyalar, inson va jamiyat, oʻyinlar va sport, geografiya). Foydalanuvchilar mavzu tanlashi oson boʻlishi uchun yaratilmagan maqolalar roʻyxati tuzildi[8].
Eng faol foydalanuvchilarni bir martalik stipendiya bilan taqdirlash uchun 320 million soʻmga yaqin mablagʻ ajratildi[9]. Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining faol aʼzolari marafon qatnashuvchilari qoʻshgan hissani baholash vazifasini oʻz zimmalariga olishdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.