From Wikipedia, the free encyclopedia
„Wrecking Ball“ (inglizchadan tarjimasi: „buzuvchi toʻp“) amerikalik qoʻshiqchi Miley Cyrus ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Bangerz (2013) nomli toʻrtinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2013-yilning 25-avgustida albomning ikkinchi singli oʻlaroq RCA Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matni MoZella, Stephan Moccio, Sacha Skarbek, Lukasz Gottwald va Henry Russell Walter tomonidan yozilgan. „Wrecking Ball“ pop ashula boʻlib, matni munosabat buzilishini muhokama qiladi; ehtimol, qoʻshiq Cyrus va avstraliyalik aktyor Liam Hemsworth orasidagi sobiq munosabatdan ilhomlangan.
„Wrecking Ball“ | ||||
---|---|---|---|---|
Miley Cyrus qoʻshigʻi | ||||
„Bangerz“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 25-avgust, 2013-yil | |||
Janr | Pop | |||
Davomiyligi | 3:41[1] | |||
Leybl | RCA | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Miley Cyrus singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Wrecking Ball“ YouTubeda |
„Wrecking Ball“ avvaliga musiqa tanqidchilari tomonidan aralash baholanib, Billboard Hot 100 chartida 50-pogʻonagacha koʻtarildi. Biroq, ashulaning janjalli videosi chiqqach, u Qoʻshma Shtatlarda birinchi raqamli hitga aylandi. Xalqaro miqyosda, jumladan Kanada, Yevropa va Okeaniyada ham qoʻshiq yuqori oʻrinlarga chiqdi.
„Wrecking Ball“ qoʻshigʻi uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Terry Richardson rejissorlik qildi. Klip 2013-yilning 9-sentyabrida chiqarildi. Unda Cyrus koʻz yoshlari oqizib kuylayotgani, bosqon bilan devorlarni urayotgani va kiyimsiz holda buzuvchi toʻpda uchayotgani tasvirlanadi. Tanqidchilar video haqida aralash fikrlar bildirishdi; ayrimlar uning eski videolardan farqlanishini maqtashsa, boshqalar videoni provokatsion deya baholashdi. Qoʻshiq klipi, shuningdek, „Eng yaxshi video“ (inglizcha: Best Video) va „Yil videosi“ (inglizcha: Video of the Year) nominatsiyalarida MTV Video Music Award mukofoti bilan taqdirlandi.
Haftalik
|
YillikOʻn yillik
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.