Xalqaro Xokkey Federatsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF; fransuzcha: Fédération internationale de hockey sur glace; nemischa: ) xokkey boʻyicha butun dunyo boʻylab boshqaruv organi hisoblanadi[1]. Xalqaro Xokkey Federatsiyasining asosiy binosi Shveysariyaning Zurich shahrida joylashgan. Hozirda Xalqaro Xokkey Federatsiyasiga 83 ta davlatga aʼzodir.
Qisqartma | IIHF |
---|---|
Turi | Sport Federatsiyasi |
Maqomi | Xalqaro |
Maqsadi | Xokkey sport turining boshqaruvi va shakllantirilishi |
Ishga tushgan sanasi | 1908-yil 15-may |
Joylashuvi | Zurich, Shveysariya |
Ishchilar soni | 20 ta |
Aʼzolari | 83 ta davlat |
Vebsayti | www.iihf.com/ IIHF.com IIHF.com |
Til(lar)i | Ingliz, Fransuz, Nemischa |
IIHF xalqaro xokkey turnirlari asosida IIHF Jahon reytingini aniqlaydi. IIHF musobaqalari uchun oʻyin qoidalari Shimoliy Amerikadagi xokkey oʻyini qoidalari va Milliy xokkey ligasi (NHL) qoidalaridan farq qiladi. IIHF qarorlari ustidan Shveysariyaning Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudi orqali shikoyat qilish mumkin. Xalqaro Xokkey Federatsiyasi (IIHF) xokkey boʻyicha oʻzining shon-sharaf zaliga ega. IIHF shon-sharaf zali 1997-yilda tashkil etilgan. Bu shon-sharaf zali 1998-yilda Xokkey shon-shuhrat zali binosiga koʻchirilgan.
Ilgari IIHF ichki xokkeyni rivojlantirish oʻyinlarini ham boshqargan. Ammo 2019-yil iyun oyida IIHF vakillari ular endi ichki xokkey oʻyinlarini tashkil qilmaslik va ularni boshqarmasliklarini yoki ichki xokkey boʻyicha jahon chempionatini tashkil qilmasliklarini eʼlon qildilar[2].