Yakkashox
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yakkashox Yevropa folklorida tarqalgan afsonaviy hayvon boʻlib, peshonasidan katta, oʻrama shox oʻsib chiqqan oq ot sifatida tasvirlanadi. Yakkashox haqidagi yozuvlar Qadimgi Yunonistondan butun Yevropaga tarqagan. Oʻrta Asrlar mifologiyasida yakkashox yovvoyi oʻrmon maxlugʻi sifatida tasvirlangan va soflik ramzi boʻlib taʼriflangan. Shoxi zaharlangan suvni tozalash va kasalni tuzatish xislatlariga ega deb hikoya qilinadi.
Yakkashoxlar tabiatda kuzatilmagan. Eng yaqin keladigan hayvon Italiyada 2008-yili topilgan bir shoxli bugʻu boʻlib, u genetik kasallik tufayli shunday tugʻilgan.[1]