Yakob Ogor
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yakob Ogor (vaf dat. Jeykob Aagaard ; jins. 1973-yil 31- iyul, Horsholm) — Shotlandiya shaxmatchisi, grossmeyster (2007).
Yakob Ogor | |
Jacob Aagaard | |
Ogor, 2008 | |
Tugʻilgan sanasi: | 31-iyul 1973-yil |
Tugʻilgan joyi: | Daniya |
Unvoni: | Grossmeyster (2007) |
Hozirgi reytingi : | 2542 |
Daniyada tugʻilgan shotlandiyalik shaxmat grossmeysteri, 2007-yilda shaxmat boʻyicha Britaniya chempioni. 2021-yil iyul holatiga koʻra, Shotlandiyadagi reytingi eng yuqori boʻlgan uchinchi oʻyinchi, Elo reytingi 2477. Uning eng yuqori reytingi 2542 tashkil etgan.
U 2004-yilda Shotlandiya shaxmat chempionatida ikkinchi oʻrinni, 2005-yilda esa, Shotlandiya chempionatida birinchi oʻrinni qo'lga kiritadi, lekin Britaniya fuqarosi boʻlmaganligi sababli, unvon Kreyg Pitchettga nasib etadi. 2012-yilda u chempionatda qatnashdi va gʻalaba qozonib unvonni qoʻlga kiritdi[1].
Yakob, Shotlandiya va Daniya shaxmat terma jamoasi tarkibida 4 marta olimpiadada qatnashgan (2006 va 2008-yillarda Shotlandiya jamoasi tarkibida, 2012 va 2014-yillarda Daniya jamoasi tarkibida).
U jamoaviy Yevropa chempionatlarida 18 marta ishtirok etgan (2011).
2011-yilda Yakob FIDE katta murabbiyi unvoniga sazovor boʻldi.
2012-yilda Yakob Shotlandiya shaxmat chempionatida 7/9 hisobida gʻalaba qozonadi[2].
Yakob nafaqat shaxmatchi, u shaxmat yozuvchisi ham bo'lib „Quality Chess“ shaxmat nashriyoti egasidir. Yakob Ogor toʻrtta asosiy „Yil kitobi“ mukofotini qoʻlga kiritgan dunyodagi yagona shaxmat yozuvchisi: Angliya shaxmat federatsiyasi (2010), ChessCafe.com (2001), Shaxmat professionallari uyushmasi (2013) va FIDE murabbiylar qoʻmitasining Boleslavskiy medali (2012) .