Yoshga doir cheklovlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kinofilm kontentini baholash tizimi – efirlarni jinsiy aloqa, zoʻravonlik yoki giyohvandlik kabi sahnalar, haqoratomuz soʻzlardan foydalanish yoki odatda bolalar-oʻsmirlar uchun yaroqsiz deb topilgan boshqa masalalar sahnalari tufayli tomoshabinlar uchun mosligiga qarab tasniflanishi. Koʻpgina mamlakatlarda reyting tizimi mavjud. Yoshga oid tavsiyalar koʻpincha senzura oʻrniga maslahat yoki cheklovchi xususiyatga ega: baʼzi yurisdiksiyalarda kinoteatrlar cheklovchi reytinglarni qoʻllash boʻyicha qonuniy majburiyatga ega boʻlishi mumkin. Asosan qiynoqlar, chekish, noodatiy soʻzlar, uyatsiz sahnalardan iborat efirga uzatiladigan narsalar senzuraga duch keladi. Bunday koʻrsatuv yoki film boshlanishidan oldin ogohlantirish eʼlon qilinishi shart[1].
Avstraliya va Singapur kabi mamlakatlarda reytingni rasmiy davlat organi hal qiladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida hech qanday rasmiy hukumat maqomiga ega boʻlmagan shirkatlar tomonidan amalga oshiriladi. Aksariyat mamlakatlarda esa axloqiy jihatdan haqoratomuz deb topilgan filmlar senzura qilingan, cheklangan yoki taqiqlangan. Filmlar reytingi tizimi hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmasa ham va film aniq cheklanmagan yoki taqiqlanmagan boʻlsa ham, odatda ayrim filmlarni taqiqlovchi yoki voyaga yetmaganlarga ularni koʻrishni taqiqlovchi qonunlar mavjud. Reytingni belgilashda muayyan omillarning taʼsiri mamlakatdan mamlakatga farq qiladi[2].
Tasniflash jarayoniga boshqa omillar taʼsir qilishi yoki taʼsir qilmasligi mumkin, masalan, badiiy boʻlmagan tarixiy kontekstda tasvirlanganligi, filmda zoʻravonlik yoki giyohvandlik maqtalgani, aytilgan zoʻravonlik yoki giyohvand moddalarni isteʼmol qilish qahramon tomonidan amalga oshirilgani kabilar. Misol uchun, Germaniyada haqiqiy urush kontekstida (masalan, Ikkinchi Jahon urushi) ochiq-oydin urush zoʻravonligini tasvirlashga oddiyroq qaraladi.
Film maʼlum bir reytingni hisobga olgan holda ishlab chiqarilishi mumkin. Istalgan reyting olinmasa, ayniqsa, moʻljallanganidan yuqoriroq reytingga ega boʻlmaslik uchun uni qayta tahrirlash mumkin. Film boshqa mamlakatlar uchun boshqa versiyani ishlab chiqarish uchun qayta tahrirlanishi mumkin.