From Wikipedia, the free encyclopedia
Yusuf surasi (arabcha: , nomining maʼnosi — Yusuf (nom)[8][9]) — Qurʼonning 12-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 235–248[10]-sahifasida va 12-13-juzida joylashgan. 53-boʻlib nozil boʻlgan.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Yusuf surasi — سورة يوسف | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Yusuf (nom)[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 235–248[4] | ||||||||||||
Juz | 12-13 | ||||||||||||
Sura raqami | 12 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 111 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 12[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, ro.[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 1795 | ||||||||||||
Harflar soni | 7125 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 53[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Ushbu surada asosan Allohning paygʻambarlaridan Yusuf ibn Yaʼqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, ogʻa-inilari va begonalardan koʻrgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yoʻliqqanlari, zindonband boʻlganlari... haqida va bunday ogʻir koʻrgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulku xazinasiga ega boʻlganlari xususida soʻz boradi.
Bu sura Hud surasidan keyin — Muhammad alayhis-salom hayotlarining eng qora kunlarida — yaqinlari Hadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor- aziyatlar chekib qiynalib yurgan kezlarida nozil boʻlgandir. Goʻyo Alloh taolo Oʻzining suyukli paygʻambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan baloyu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulmu zoʻravonliklariga sabr- qanoat qilib oʻzlarining Haq yoʻlidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay sobitqadam boʻlsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va toru tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazmu uslubida oʻzgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir boʻlib, sheʼru dostonlar bitganlar, ulamolar esa, bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida «Yusuf surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir», deyilgan boʻlsa, yana birida: «Har Qanday gʻam-tashvishga botgan mahzun kishi Yusuf surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur», deyiladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.