From Wikipedia, the free encyclopedia
Zestafoni yoki Zestaponi (gruzincha: ზესტაფონი, Georgian pronunciation: [zestʼɑpʰoni]) — Gʻarbiy Jorjiyadagi Zestafoni tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Zestafoni Gruziyaning tarixiy qismi Imereti provinsiyasi tarkibiga kiruvchi Margveti markazidir. Zestafoni — Gruziya pravoslav cherkovining Margveti yeparxiyasining markazi boʻlgan. Zestafoni Kolxida platosining eng uzoq sharqida joylashgan.
Zestaponi | |
---|---|
42°6′30″N 43°2′30″E | |
Mamlakat | Gruziya |
|
1820-yillarda shaharchaga kazaklar qoʻshini joylashtirilgan edi. Lekin u orqali oʻtadigan daryo nomi bilan „Kvirila“ deb atalgan. Rossiya imperiyasi davrida shahar Kutaisi gubernatorligidagi Shorapani uyezdining maʼmuriy markazi hisoblangan. 1920-yillarda nom mashhur inqilobchi nomi bilan yaʼni „Jugeli“ ga oʻzgartirilgan. Faqat oz vaqt oʻtgach, shahar oʻzining tarixiy nomini qaytarib olgan[1].
Yozuvchi Boris Akunin va faylasuf Tengiz Tsereteli Zestafoni shahrida tug‘ilganlar[2]. Psixolog va faylasuf Dimitriy Uznadze 1886-yilda shu atrofdagi Sakara qishlogʻida tugʻilgan.[3] Mashhur gruzin aktyorlari Shalva Gambashidze, Ushangi Chxeidze, Sergo va Buxuti Zakariadzelar ham Zestafonida tug‘ilganlar. Kurash bo‘yicha jahon chempioni Mixail Saladze ham Zestafoni shahridan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.