Aleksandr Tarasenko
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Aleksandr Viktorovich Tarasenko (1978-yil 11-dekabr, Jovti Vodi, Dnepropetrovsk viloyati) — ukrainalik futbolchi, himoyachi.
Remove ads
Faoliyati
Jettivodsk futboli tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiy P. A. Sheremet.
Ilk professional klubi — Sirius jamoasiga 1994-yilda qoʻshilgan. Klub bilan ikki mavsumda atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan. 1995-yilda Nikolayev viloyati kubogi gʻolibi va 1995-yilda Nikolayev viloyati chempionatining bronza medali sovrindori.
1997-yildan 2004-yilgacha ikkinchi liganing „Olympia FC AES「 jamoasida oʻynagan. „Olimpiya「 safida 149 ta oʻyinda 12 ta gol urgan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Nikolayev「 safida 18 ta oʻyinda maydonga tushgan. Aleksandr keyingi faoliyati davomida Gornyak-Sport (Komsomolsk), IgroService (Simferopol), Oleksandriya va Neftyanik-Ukrnafta klublarida oʻynagan. 2011-yilda Nikolaevga qaytdi.
Keyingi qishda Nikolayev klubini tark etdi. Oʻzbekistonning „Buxoro「 klubida bir oylik yigʻinda[1] boʻlganidan soʻng shartnoma imzoladi. O『zbekiston chempionati oliy ligasida 2012-yil 15-mart kuni Paxtakorga qarshi 1-tur uchrashuvida (0:1) debyut qilgan[2]. „Buxoro「 safida esa 2012-yilgi chempionatning birinchi davrasidagi barcha 13 ta o『yinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan.
2012-yilning yozida u Nikolayev klubiga ikkinchi marotaba qaytdi. Bukovinaga qarshi birinchi oʻyinda Football.ua saytiga[3] koʻra birinchi liga turining ramziy jamoasiga kirdi. 2012—2013-yilgi mavsum yakunlangach, jamoani tark etdi[4]. Yangi mavsumni Armanistonning „Titan「 jamoasi bilan boshladi[5], u yerda yarim yil oʻynadi. Yil yakunida Granitas jamoasiga oʻtdi
2014-yilda Tarasenko vatandoshi Oleg Dmitrenko bilan birgalikda Granitas (Klaypeda) jamoasida qoʻshildi. Klub 2013-yilgi mavsum oxirida Litva futbolining yuqori divizioni boʻlmish A-ligada oʻynash huquqini qoʻlga kiritgandi[6]. Keyingi yili Litvaning Kruoja jamoasiga qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatning soʻnggi yillarida Kanadaning Ukraine United va Vorkuta klublarida oʻynagan.
Remove ads
Yutuqlari
- Ukraina Ikkinchi ligasi gʻolibi: 2010—2011
- Ukraina Ikkinchi ligasining ikkinchi oʻrin sohibi: 2005—2006
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads