Alfie Gilchrist
Britaniyalik futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Alfie Gilchrist (2003-yil 28-noyabr) – angilyalik professional futbolchi, Premyer liganing Chelsea klubi safida markaziy va oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp surmoqda.
Remove ads
Karyerasi
Dastlabki yillar
LondonningKingston Tames shahrida tugʻilgan Gilchrist oʻz faoliyatini mahalliy jamoalar Old Isleworthians Youth F. C. va Queens Park Rangers klublarida boshlaydi va dastlab qanot hujumchisi va yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2].
Chelsea
Gilchrist 2014-yilda Chelseaning 11 yoshgacha jamoasi safiga qoʻshiladi va himoyachi sifatida toʻp suradi[3]. Gilchristning oʻyinini koʻpchilik Jon Terry bilan taqqoslaydi[4][5].
Gilchrist 2020-yil noyabri oyida birinchi professional shartnomasini imzoladi[6]. U FA Youth Cup yarim finaligacha yetib borgan jamoaga sardorlik qiladi. Ushbu jamoa blan 2021-22-yilgi mavsumda 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Premyer ligada zafar quchadi[7]. U 2022-23-yilgi mavsumda U-21 Premyer ligasining eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga nomzod sifatida qoʻyiladi[8][9].
2023-yil 26-may kuni Gilchrist Manchester Unitedga qarshi Premyer liga doirasidagi oʻyin qaydomasiga kiritiladi[10][11].

2023-yil 19-sentyabrda u 2025-yil iyungacha moʻljallangan yangi shartoma imzolaydi[12]. 27-dekabr kuni Gilchrist Crystal Palacega qarshi oʻyinda oʻzining professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[13].
2024-yil 2-aprel kuni Gilchrist Chelsea bilan 2026-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi[14].
15-aprel kuni 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alfie Everton darvozasiga oʻzining debyut golini kiritgan[15].
Remove ads
Shaxsiy hayoti
Gilchrist bolalikdan Chelseaning muxlisidir, uning bobosi va otasi doim aristokratlar oʻyini uchun mavsumiy chiptalar sotib olishgan[16]. U Esher shahridagi Esher Church of England oʻrta maktabida oʻqigan[17].
Statistikasi
- 2024-yil 5-may holatiga koʻra[18]
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads