Amika Shail

From Wikipedia, the free encyclopedia

Amika Shail
Remove ads

Amika Shail (talaffuzi: a-mee-kaa) – Hindistonlik qoʻshiqchi va aktrisa[2]. U hind tilidagi koʻplab kino, veb-seriallar, veb-filmlar va televideniyedagi boshqa ijod naʼmunalari bilan tanilgan. „Balveer Returns“ filmida Vayu Pari obrazini tasvirlagan[3].

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads

Hayoti

Amika Shail Gʻarbiy Bengaliyaning Hugli tumanidagi Uttarpara shahrida tugʻilgan[4]. Hozirda Mumbayda yashaydi. Amika zangori ekrandagi faoliyatini 9 yoshida Sa Re Ga Ma Pa Lil Champs shousida ishtirokchi sifatida boshlagan[5].

Amika musiqani 5 yoshida onasidan oʻrgana boshlagan. Sa Re Ga Ma Pa loyihasining bengalcha versiyasida ham ishtirok etgan. Keyinchalik Sa Re Ga Ma Pa National Talent Hunt, Indian Idol, Star Voice of India va All India Radio Show kabi boshqa shoularda ham ishtirok etgan[6].

U hind klassik musiqasi boʻyicha aspirant boʻldi[7]. Dabur, Colgate, Santoor, Ujala va IPL kabi brendlarning televizion reklamalariga ovoz berdi[8].

Amika oʻzining intervyularidan birida Mumbaydagi dastlabki kunlarida pul topish uchun musiqa oʻqituvchisi sifatida ishga kirganini aytib oʻtdi[9]. Aktrisa A. R. Rahmonni musiqa sohasidagi eng yaxshi ijodkor deb bilsa, Priyanka Choprani esa aktrisalar ichida eng zoʻri deb hisoblaydi[10].

Remove ads

Filmografiyasi

Televizion loyihalari

Yil Nom Rol Kanal
2014-19 Udaan Jyoti[11] Colors TV
2019-20 Divya Drishti Twinkle Shergill Star Plus
2021 Balveer Returns Vayu Pari / Vidhi[12] Sony SAB
2019 Shaadi Ke Siyape Prachi[13] & TV
2018 Laal Ishq Multiple Characters[14] &TV
2020 Maddam Sir Naagin Sony SAB

Veb seriallari

Yil Nom Rol Platforma
2019 Abhay Office Girl[15] Zee5
2019 Gunah Priyanka[16] YouTube
2020 Laxmmi Ankita Jain[17] Disney+Hotstar
2020 Mirzapur Bar Singer[18] Amazon Prime Video
2020 Mask Man Aditi[19] Rabbit
2020 Trapped Psycho Killer[20] Rabbit
2021 Nachaniya Nachaniya Tamasha
2021 Chattis Aur Maina Dhani[21] Disney+Hotstar
2021 Video Call[22] Komal Cineprime
2021 Khunnas Rashmi[23] Ullu
2021 Intention Pranjal[24] Not Decided
2021 Hai Taubba Lena[25] AltBalaji
2021 Khudraang Ishu Cine 7
2021 Dulhan Aarti Cinebox
2021 Good Night[26] Champa Ullu
2021 High Dose Netra Not Decided
2022 Dog[27] Sanjana Not Decided
2022 12 A. M. Neha Cine Box
2022 Untitled Project[28] Ami SonyLiv
2022 Manthan Avantika EOR TV
2023 Builders[29] Fatima Amazon Prime Video
2023 Bekaaboo 3 Rasika Asthana Altt

Filmi

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Soundtreklari

Batafsil maʼlumot Yil, Film ...

Shoulari

Batafsil maʼlumot Yil, Shoe ...
Remove ads

Ijtimoiy tarmoqlarda

Amika ijtimoiy media platformalarida, jumladan Instagram, Twitter, Facebook va YouTube sahifalarida juda faol. U YouTube tarmogʻida eng koʻp kuzatiladigan hind qoʻshiqchi 10 taligidan joy olgan[39]. Aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi fotosessiyalari ommaviy axborot vositalarida tez-tez muhokama qilinadigan mavzuga aylangan[40].

Amika 2022-yilda Misrda boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar forumida Hindiston nomidan ishtirok etdi[41]. U Misr Prezidenti hamda koʻplab boshqa yurtlardan kelgan nufuzli shaxslar oldida jonli ijroda qoʻshiq kuyladi[42].

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads